
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
QIRG’IZISTONNING QADAMJOY TUMANI HOKIMI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA FARG’ONA TUMANIDA BO’LDI

2022-11-10 18:56:22 349
Qirg’izistonning viloyatimiz bilan chegaradosh Batken viloyati Qadamjoy tumani hokimi Qutpidin Shakirov boshchiligidagi delegatsiya Farg’ona tumanida bo’ldi.
Farg’ona tumani hokimi Hamidullo Inomov, tuman sektorlari rahbarlari bilan birga qirg’izistonlik mehmonlarni qabul qildi.
Samimiy muloqot chog’ida Farg’ona va Qadamjoy tumanlari o’rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta'lim va madaniy-gumanitar, qishloq xo’jaligi sohalarida aloqalarni yanada rivojlantirish borasida fikr almashildi, o’zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda davlatlarimiz rahbarlarining yuksak siyosiy irodasi natijasida xalqlarimiz o’rtasida azaliy do’stlik va qardoshlik rishtalari qaytadan kuchayib borayotgani, chegaraoldi hududlarning hamkorligi yangi bosqichga ko’tarilayotganligi alohida qayd etildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram