
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTIGA A'ZO BO’LGAN MAMLAKATLARDA BIR VAQTNING O’ZIDA O’TKAZILGAN UYUSHTIRILGAN KO’CHAT EKISH TADBIRLARI FARG’ONADA HAM BO’LIB O’TDI

2022-11-11 16:30:54 317
Registon maydonida Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti doirasida tashkilotga a'zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar Davlat rahbarlari ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko’chat ekish tadbiri bo’lib o’tdi.
Mamlakatimizning barcha viloyatlarida, Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo bo’lgan Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Qirg’iziston hamda kuzatuvchi maqomiga ega bo’lgan Vengriya va Turkmaniston davlatlari poytaxtlarida ham bir vaqtning o’zida uyushtirilgan ko’chat ekish tadbirlari o’tkazildi va onlayn monitorda namoyish etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Registon maydonida “Yashil makon” loyihasi doirasidagi ko’chat ekish marosimida nutq so’zladi. “Turkiy xalqlarimizda “yaxshidan bog’ qoladi”, degan hikmatli so’z bor.Ishonchim komilki, bugun biz yaxshi niyatlar bilan yaratayotgan bog’u rog’lar samarasidan hozirgi va kelajak avlodlarimiz albatta bahramand bo’ladi,” – deya qayd etdi o’z so’zida Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbarining ko’rsatmasi bilan ko’chat ekish jarayonlarini Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo bo’lgan mamlakatlar orasida mamlakatimiz hududlari boshlab berdilar.
Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida tashkil etilgan 70 gektarlik “Yangi O’zbekiston” bog’ida ham manzarali daraxt ko’chatlari ekish tadbiri bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat nuroniylari, talaba yoshlar, faol jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram