Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TA'LIM VA MADANIYAT SOHALARIDA FARG’ONA VA KOREYA RESPUBLIKASI HAMKORLIGIDA YANGI QADAMLAR
2022-11-12 11:46:15 259
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbari Edvard Kim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Farg’ona va Koreya respublikasi o’rtasida har tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari, xususan, ta'lim va madaniyat sohalarida amalga oshirish rejalashtirilayotgan investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalar muhokama qilindi.
Koreyaning “Edulink Global” kompaniyasi prezidenti Chungrim Xan viloyat hokimiga Farg’ona shahrida barpo etishga kirishilayotgan zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasasi loyihasini amalga oshirish jarayonlari haqida ma'lumot berdi. Innovatsion ta'lim tizimiga asoslangan va yuqori darajada ingliz, koreys va rus tillari o’rgatishga ixtisoslashgan ushbu maktabgacha ta'lim muassasasi qurilish ishlari yaqin oylarda boshlanishi hamda kelgusi 2023 yil o’rtalarida foydalanishga topshirilishi ma'lum qilindi. Ushbu muassasa dastlabki bosqichda 400 o’rinli bo’lishi rejalashtirilgan.
Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil mart oyida Koreyaga tashrifi doirasida Seulda Chungrim Xan bilan muzokaralar o’tkazilib, viloyat hokimligi va “Edulink Global” kompaniyasi o’rtasida Farg’onada maktabgacha ta'lim sohasiga investitsiya kiritish yuzasidan qiymati 2 million dollar bo’lgan hamkorlik memorandumi imzolangandi.
Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbari Edvard Kim, joriy yil 16-17 dekabr kunlari Farg’onada tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Koreya orkestri kontsertiga tayyorgarlik haqida gapirib, ushbu tadbirga Koreyadan 60 nafardan ziyod san'atkorlar, shuningdek, qator OAV vakillari tashrif buyurishi ko’zda tutilayotgani, o’zbekistonlik ijrochilar bilan birga qo’shma chiqishlar ham tashkil etilishini ma'lum qildi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosarlari Iqboljon Ergashev va Xurshidjon Ahmedov ham ishtirok etishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram