
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI

2022-11-12 17:59:56 408
Bugun Farg’ona shahridagi “Afrosiyob” tantanalar majmuasida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan tantanali viloyat bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyatimizning barcha hududlaridan tibbiyot xodimlari, sog’liqni saqlash sohasi rahbar va mas'ul xodimlari, faxriylar ishtirok etdilar.
Inson salomatligini asrashdek ezgu va savobli ishga o’zini bag’ishlagan viloyatimiz tibbiyot xodimlarini bayram bilan qutlash uchun so’z olgan Xayrullo Bozorov, , tibbiyot sohasi va shifokorlarning hayotimizdagi o’rni va ahamiyati naqadar muhim ekanligiga alohida e'tibor qaratdi. Viloyatimizda so’nggi yillarda bu sohaning jadal rivojlanib borayotgani, erishilayotgan natijalar va yangi marralar haqida to’xtalgan viloyat hokimi, joriy yilda ilk bor buyrak ko’chirib o’tkazish, aorta-koronar shuntlash, yurak klapanlarini protezlash orqali yurak nuqsonini bartaraf etish hamda endoprotezlash kabi 30 dan ortiq yuqori texnologik operatsiya turlari amaliyotga tadbiq etilganini mamnuniyat bilan tilga oldi.
Joriy yilda viloyatimizda sog’liqni saqlash sohasini rivojlantirish maqsadida Respublika byudjeti hisobidan jami 179,8 mlrd. so’m, mahalliy byudjetning qo’shimcha manbalari hisobidan 78,1 mlrd. so’m mablag’ ajratilganini qayd etgan viloyat hokimi, Davlatimiz rahbari boshchiligidagi olib borilayotgan tibbiyotdagi islohotlarning bosh mazmuni inson qadri ekanini ta'kidladi.
Tadbirda viloyat ijtimoiy hayotida faollik va tashabbuskorlik ko’rsatgan, o’zining samarali mehnati bilan viloyatimizda aholi salomatligini muhofaza qilishga, sog’lom turmush tarzi tamoyillarini keng joriy etishga va tibbiy madaniyatni oshirishga salmoqli hissa qo’shib kelayotgan tibbiyot sohasi xodimlarining katta guruhi viloyat hokimining Faxriy yorlig’i, tashakkurnomasi va sovg’alari bilan taqdirlandilar. O’z hayotini insonning sog’lig’i va hayoti to’g’risida g’amxo’rlik qilishga bag’ishlagan tibbiyot xodimlaridan yana bir guruhiga “O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash a'lochisi” ko’krak nishoni, shuningdek Sog’liqni saqlash vazirligi tashakkurnomalari taqdim etildi.
Bayram tadbiri bir piyola choy ustida taniqli san'atkorlar, raqs ansambllari ishtirokidagi kontsert dasturi bilan davom etdi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram