Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UCHKO’PRIKDA YETISHTIRILGAN LAYM VA LIMONLAR XORIJGA EKSPORT QILINMOQDA

×

 2022-11-12 20:48:15    190

PDF yuklash
Chop etish


Uchko’prik tumanining markazdan o’n besh chaqirim olisda joylashgan “Tojik” mahalla fuqarolar yig’ini aholisi tomonidan tomorqada tsitrus meva – limon yetishtirish borasida o’ziga xos tajriba maktabi yaratilgan. 

Hozirgi kunda hududdagi 760 ta xonadonda 4 ming 100 nafar aholi istiqomat qiladi. Qishloq aholisiga tomorqa sifatida ajratilgan 47 gektar yerning 36 gektarida issiqxonalar tashkil etilgan.

Kamolxon Turopov mahallaning limon yetishtirish borasida katta tajribaga ega mirishkor dehqonlaridan hisoblanadi. Hamqishloqlari singari uning xonadonidagi termos usulida isitiladigan 20 sotixli kamxarj issiqxonasida yiliga o’rtacha 14 tonna limon olinadi. Bugun bozordagi eng arzon narxda ham bu 70-80 million so’mni tashkil etadi. 

Mazkur hududda yetishtirilgan limon va meva-sabzavotlarni qish mavsumida ham bir maromda saqlash maqsadida mahalliy tadbirkorlar tashabbusi bilan 1 ming 150 tonna sig’imga ega ikkita zamonaviy muzlatgichli omborxona barpo etilgan. 

Hozirda uchko’priklik mirishkor tomorqachilar tomonidan kuniga 20-40 tonna limon Rossiyaning turli hududlariga eksport qilinmoqda.

Ma'lumot uchun, Uchko’prik tumanida 13 ta mahalla fuqarolar yig’ini limon yetishtirishga ixtisoslashgan. Mazkur mahallalardagi xonadonlar tomorqalarida qariyb 73 gektar issiqxonalar mavjud bo’lib, ularda yiliga o’rtacha 4 ming 500 tonna limon yetishtiriladi. Joriy yilda yetishtirilgan limon hosilining 3 ming tonnaga yaqinini xorijga eksport qilish va 3 million 600 ming dollardan ortiq valyuta tushumini ta'minlash ko’zda tutilgan.

Ayni vaqtda tumanda qishloq xo’jaligida yangi tarmoq, tsitrus meva - laym yetishtirish rivojlanib bormoqda. Avvalari laymlar xorijdan import qilingan bo’lsa, endi mahalliylashtirish evaziga ichki iste'moldan ortgan mahsulot chet davlatlarga eksport qilinmoqda.

Joriy mavsumda viloyat bojxona boshqarmasi tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari tomonidan qiymati 14,7 ming dollarlik, 14,9 tonna laym mahsuloti eksportga rasmiylashtirilgan.

Uchko’prik tumani hokimligi axborot xizmati








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram