Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 169 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KARTOSHKACHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI FARG’ONA STANTSIYASI TASHKIL ETILADI 

×

 2022-11-15 10:13:20    250

PDF yuklash
Chop etish


"Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg’ona ilmiy tajriba stantsiyasini tashkil etish to’g’risida"gi hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi. (https://regulation.gov.uz/uz/d/71091)

Qishloq xo’jaligi vazirligi va Farg’ona viloyati hokimliklarining Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg’ona ilmiy-tajriba stantsiyasini tashkil etish taklifiga rozilik beriladi.

Ilmiy tajriba stantsiyasi vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:

• sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, kasallik va zararkunandalarga bardoshli hamda sifat ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan nav va duragaylarini yaratish hamda birlamchi urug’chiligini tashkil etish bo’yicha ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish;

• sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish zamonaviy resurs tejaydigan texnologiyalarini ishlab chiqish, mexanizatsiyalash darajasini oshirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;

• ilg’or xorijiy tajribalarni qo’llagan holda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish va ular hosildorligini oshirish bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish.

Qishloq xo’jaligi vazirligi Farg’ona viloyati hokimligi bilan birgalikda Farg’ona shahar hokimligi zaxira yer balansida bo’lgan "Umid nigohi" massivi Mustaqillik hududidan 19,16 gektar yer maydonini ilmiy-tajriba stantsiyasiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib berishni ta'minlaydi.

Ilmiy-tajriba stantsiyasi ma'muriy binosi Farg’ona shahar Farovonlik ko’chasi, 12-uyda joylashgan Farg’ona viloyati hokimligi balansida bo’lgan (sobiq Tut parvonasiga qarshi kurashish bo’limi ma'muriy binosi)ga operativ boshqaruv huquqi bilan joylashtiriladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram