Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BO’LIB O’TMOQDA

×

 2022-11-15 12:51:42    376

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahrida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi. Ochilish marosimida viloyat hokimining o’rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Komila Kavlonova ishtirok etdi.

Tadbirda iste'dodli qizlarni tanlash va ularning iqtidorini ro’yobga chiqarishda, ijodkor, san'atsevar, olima, oqila, shoira, sportchi qizlar safini kengayib borishida mazkur tanlov muhim o’rin tutayotgani qayd etildi.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti uchun 7 ta yo’nalishda yutuqlarga erishgan o’n to’rt yoshga to’lgan va o’ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlar qatnashish xuquqiga ega ekanligi yana bir bor ta'kidlandi. Tanlovning 19 ta shahar-tuman bosqichida ishtirok etgan 687 nafar iqtidorli qizlar orasidan 121 nafari viloyat bosqichiga yetib kelgani ma'lum qilindi.

Ishtirokchilarning ijodiy ishlari, siyosiy-ijtimoiy bilimlari, urf-odatlar, milliy qadriyatlarni bilishi, ko’rik-tanlovlardagi ishtiroki, iste'dodini bir necha yo’nalishlarda ko’rsata olganligini o’rganish uchun o’z sohasini bilimdoni bo’lgan tanlov komissiyasi a'zolari tanishtirib o’tildi.

Shundan so’ng nomzodlar adabiyot, san'at, fan, ta'lim, madaniyat, sport va jamoatchilik yo’nalishlarida o’z imkoniyatlarini namoyon etishga kirishdilar. Belgilangan tartibga ko’ra, yakunda tanlov komissiyasi a'zolari Respublika komissiyasiga eng munosib 21 nafar nomzodni tavsiya etadilar.

Ma'lumot o’rnida: bugungi kunda viloyatimizda 28 nafar iqtidorli qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bo’lishgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram