Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 226 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’X TUMANINING JAVPAYA MASSIVIDA QO’SHIMCHA O’ZLASHTIRILAYOTGAN YANGI YER MAYDONLARIDA 400 GEKTARDAN ZIYOD ANORZOR BARPO ETILMOQDA

×

 2022-11-16 21:07:27    720

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan So’x tumanida bo’ldi.

Tumanning Javpaya massivida qo’shimcha o’zlashtirilayotgan yangi yer maydonlarida 400 gektardan ziyod intensiv anorzor tashkil etish jarayonlarini ko’zdan kechirgan viloyat rahbari, tuman faollari bilan muloqot qildi.

Prezidentimizning foydalanilmayotgan yerlarda irrigatsiya ishlarini bajarish va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, kam suv talab qiladigan ekinlar ekish hisobiga o’zlashtirish, bu yerlarni yoshlarga bo’lib berish orqali ularni ish bilan, daromad bilan ta'minlash borasida topshiriqlaridan kelib chiqqan holda joriy yil boshida o’zlashtirishga kirishilgan Javpaya massivida 1000 gektar yer foydalanishga kiritilmoqda. Sekundiga 200 litr suv tortish quvvatiga ega 5 ta nasosdan iborat stantsiya yordamida Qalacha arig’idan 426 mm diametrli quvur bilan 5 km tarmoq tortib, 223 metr balandlikka suv chiqarish ishlari yakunlanmoqda. Bu maqsadda jami 21 milliard so’m mablag’ viloyat mahalliy byudjeti hisobidan yo’naltirilgan.

Dastlabki o’zlashtirilgan yerlarda 10 sotixdan issiqxona-limonariylar tashkil etilib, imtiyozli kredit asosida, shuningdek, subsidiya hisobidan bepul ravishda yosh oilalarga berildi. Issiqxonalarga limon ko’chatlari o’tqazildi, oralariga pomidor, bodring, qalampir va karam ekinlari ekildi, bugungi kunda dastlabki limon hosili ham olindi.

Massivning yuqori qismida tog’lar bag’rida esa anor bog’i barpo etish ishlariga kirishildi. Hozirgi kunda birinchi bosqichda 230 gektar yerga anor ko’chatlari ekish ishlariga tayyorgarlik qilinmoqda, buning uchun xorijdan 153 ming tupdan ziyod intensiv ko’chatlar keltirildi. Yaqin kunlarda yana 200 gektardan ziyod yer o’zlashtirilib, anorzorga aylantiriladi.

Viloyat hokimi tuman faollari bilan muloqotda, yangi anor bog’lari kooperatsiya usulida 50-70 sotixdan yosh oilalarga bo’lib berilishini aytib, tumanning Qayroq massivida o’zlashtirishga kirishilayotgan 1080 gektar yaylov yerlarda yong’oq, olma va nok bog’lari, malina, tut hamda dorivor giyohlar plantatsiyalari barpo etilishi hisobiga jami 3 mingdan ziyod yoshlar doimiy ish o’rniga ega bo’lishini qayd etdi. Bu maqsadda qurib foydalanishga topshirilgan ikki ko’tarmali “Qayroq” nasos stantsiyasi 1 metr diametridagi 4 km. quvur tarmog’i orqali 211 metr balandlikka obihayot olib chiqildi.

Viloyat rahbari Javpayada shuningdek, issiqxona-limonariylarni ko’zdan kechirdi, yoshlar bilan suhbatlashdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram