Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
SO’XNING HUSHYOR MFY HUDUDIDA YANGI MADANIYAT UYI ISH BOSHLADI
2022-11-16 21:43:46 289
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov So’x tumanining Hushyor MFY hududida zamonaviy yangi madaniyat uyini tantanali foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi.
3,5 milliard so’m sarflab barpo etilgan ushbu madaniyat maskani, qishloqdagi talabga javob bermay qolgan eski madaniyat uyi binosi o’rnida qad rostladi.
Ochilish tadbirida so’z olgan viloyat hokimi, Prezidentimizning yuksak e'tiborlari natijasida so’nggi yillarda So’xda ulkan tarixiy yangilanishlar amalga oshirilayotgani, So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha qabul qilingan alohida qaror natijasida tuman bugun har tomonlama taraqqiyotga yo’l tutganini ta'kidladi. Tumanda yangi ish o’rinlari yaratilishi va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlanishi o’z natijalarini berishga boshlaganini qayd etgan viloyat rahbari, bu yil tarixda ilk bor So’x tumanining xorijga eksporti hajmi 6,5 million dollarga yetganini mamnuniyat bilan misol keltirdi.
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur qadami yetgan Hushyor mahallasida Bobur muzeyini tashkil etish bo’yicha tashabbusga kirishilganini eshitgan viloyat hokimi, ushbu muzeyni zamonaviy tarzda barpo etish hamda jihozlash uchun moliyaviy ko’mak berilishini ma'lum qildi.
Hushyor mahallasi hududida sug’orish tizimini yaxshilash uchun "Qizilqiyoq" nasos stantsiyasini rekonstruktsiya qilish masalasida viloyat hokimiga qilingan murojaat ham ijobiy hal etiladigan bo’ldi. Bu borada mas'ullarga tegishli vazifalar yuklandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram