Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA “YIL AYOLI” RESPUBLIKA TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI TASHKIL ETILDI
2022-11-16 21:57:47 466
Bugun Farg’ona shahrida “Yil ayoli” respublika milliy tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Komila Kavlonova ishtirok etdi.
Ochilish marosimida 19 ta shahar-tuman bosqichlarida g’oliblikni qo’lga kiritgan 152 nafar ishtirokchilar viloyat bosqichiga yetib kelgani ma'lum qilindi. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qo’shib kelayotgan, yuksak ma'naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat bo’lish bilan birga o’zi faoliyat ko’rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo’lgan ayollarni qo’llab-quvvatlash, rag’batlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilg’or tajribalarni ommalashtirish tanlovning asosiy maqsadi ekanligi aytib o’tildi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lgan 35 yoshdan yuqori hamda o’z yo’nalishi bo’yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug’ullanib kelayotgan ayollar, shuningdek, uy bekalari qatnashayotgan mazkur tanlovda ishtirokchilarni saralash uchun hakamlar hay'ati a'zolari tanishtirib o’tildi.
Shundan so’ng nomzodlar “O’zini tanishtirish”, “Savol va javob”, “Zamonaviy o’zbek ayoli” mavzusidagi videorolik namoyishi shartlari bo’yicha o’z imkoniyatlarini namoyon etishga kirishdilar.
Yakunda yilning eng vatanparvar ayoli, olima ayoli, tadbirkor ayoli, ijodkor ayoli, eng yaxshi uy bekasi, eng faol sog’lom turmush tarzi targ’ibotchisi, eng yangi g’oyalar tashabbuskori, eng yaxshi IT - dasturchi ayoli kabi qator nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar nomi e'lon qilinadi va respublika bosqichi qatnashchilari ma'lum bo’ladi.
Ma'lumot o’rnida: Nizomga ko’ra, tanlovning respublika bosqichida oliy o’rin - Gran prini qo’lga kiritgan ishtirokchi oliy darajadagi diplom, statuetka va Prezident sovg’asi - avtomobil bilan taqdirlanadi. 1- 2- va 3-o’rin egalariga ham diplomlar va belgilangan miqdordagi pul mukofotlari topshiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram