Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON SHAHRIDA YANGI MAHALLA BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-11-17 22:45:59    626

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun Marg’ilon shahridagi o’rganishlar davomida “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig’ini binosini foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etdi. 

Davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkor Ayubxon Qosimov tomonidan qurib bitkazilgan 5 qavatli turar-joy binosining maydoni 115 kv.m. bo’lgan birinchi qavati mahalla fuqarolar yig’ini uchun ajratib berildi. Qolgan to’rtta yuqori qavatda 9 ta xonadon mavjud.

Mahalla fuqarolar yig’inining yangi binosida xodimlar va mahalla aholisi uchun barcha zarur sharoit va qulayliklar yaratilgan. Xonalar zamonaviy mebel jihozlari bilan ta'minlangan.

Viloyat rahbari bu yerda mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisi bilan aholi hayotini yaxshilash bo’yicha asosiy yo’nalish va vazifalar masalasida muloqot qildi. Mahalla binosi hududi yonida joylashgan bog’da birgalikda ko’chat o’tqazildi.

Xayrullo Bozorov shuningdek, yondosh Navbahor MFY hududida ma'nan eskirgan ikki qavatli turar-joy binolarini buzib, o’rniga zamonaviy 7 qavatli turar-joylar qurish loyihasi bilan tanishdi. Bu jarayonda eski uylarda istiqomat qilayotgan aholi bilan roziligini ta'minlash asosiy masala ekaniga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, xonadon egalariga maydoni eski uylaridan kam bo’lmasligi sharti bilan yangi quriladigan binolardan xonadon ajratilish zarurligini ta'kidladi va bu borada shahar mutasaddilariga vazifa yukladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram