Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILONDA ISHLAB CHIQARILAYOTGAN SANOAT GILAMLARINI XORIJGA EKSPORT QILISH BOSHLANMOQDA
2022-11-17 22:59:44 240
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Marg’ilon shahridagi “To’yona” MChJ gilam ishlab chiqarish korxonasida bo’ldi.
Tadbirkor Ro’zimatjon Salimov rahbarligidagi ushbu korxonada sanoat usulida yiliga 60 ming kvadrat metr gilam ishlab chiqarilmoqda. Korxonada 150 nafardan ziyod doimiy ish o’rni yaratilgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hozirgacha ichki bozorga yo’naltirilib kelingan bo’lsa, endi xorijiy davlatlarga eksport qilish ham boshlanmoqda. Dastlabki partiya Qirg’iziston bozoriga yuborilmoqda.
Hozirda korxonada qiymati 12 milliard so’m bo’lgan yangi liniya loyihasi amalga oshirilmoqda. Kelgusi yilning dastlabki oyida foydalanishga topshiriladigan liniya korxona ishlab chiqarish quvvatini yillik 15 ming kvadrat metrga oshiradi, 30 ta qo’shimcha ish o’rni shakllantiradi.
Korxona faoliyatini yanada kengaytirish bo’yicha tadbirkor bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, xorijiy kredit liniyalarini jalb etishga ko’maklashish bo’yicha mas'ullarga ko’rsatma berdi. Shuningdek, korxonaning elektr ta'minotini yaxshilash bo’yicha tadbirkor murojaatini ijobiy hal etish bo’yicha mavjud texnik imkoniyatlar qisqa muddatda o’rganib chiqiladigan bo’ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram