Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV MARG’ILONDAGI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI FAOLIYATI VA IJTIMOIY OB'EKTLAR QURILISH JARAYONLARI BILAN TANISHDI
2022-11-17 23:29:27 671
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Marg’ilon shahrida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda yangi loyihalar yuzasidan o’rganish jarayonida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati va ijtimoiy ob'ektlar qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Viloyat rahbari “Turon” MFY hududidagi “Kamron poyabzal” MChJ korxonasini ko’zdan kechirdi. Ushbu korxonada 50 turdan ortiq poyabzallar ishlab chiqarilib, Qozog’iston hamda Qirg’iziston davlatlariga eksport ham qilinmoqda. Hozirgi kunda korxonada 150 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib boradi. Viloyat rahbari katta hududda joylashgan ushbu korxona faoliyatini rivojlantirish, mahsulot hajmini oshirish hamda ishchi o’rinlarini ko’paytirish yuzasidan korxona rahbari bilan muloqot qildi, bu borada har tomonlama ko’mak berishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Viloyat rahbari Marg’ilondagi viloyat nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish markazini ham borib ko’rdi. Viloyat endokrinologiya markazining ta'mirtalab eski binosi joriy yilda to’la ta'mirlanib, 52 o’rinli reabilitatsiya markazi tashkil etildi. Qurilish-rekonstruktsiya ishlari umumiy qiymati 5,2 milliard so’mni tashkil etdi, jihozlash uchun qo’shimcha 323 million so’m sarflandi. Xayrullo Bozorovga ushbu muassasa yonidagi 1965 yilda qurilgan binoda joylashgan 7-oilaviy poliklinika binosini ta'mirlash ishlariga kirishilayotgani bo’yicha ham ma'lumot berildi.
Viloyat hokimi Marg’ilon shahridagi Nadirmat kichik sanoat zonasida bo’lib, amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdi, KSZ faoliyatini tashkil etilishi holati bo’yicha tanqidiy o’rganish o’tkazdi. 5 gektar maydonda joylashgan hamda barcha kommunikatsiyalar bilan to’la ta'minlangan ushbu kichik sanoat zonasida joylashtirilgan loyihalarning o’z muddatida amalga oshirilmayotgani aniqlandi.
Xayrullo Bozorov tuman prokurori – sektor rahbariga hamda viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direktsiyasi” davlat unitar korxonasi direktoriga kichik sanoat zonasi faoliyatini jonlantirish, lotlar bo’yicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarish darajasi yuzasidan xatlov o’tkazish topshirig’ini berdi. Loyihalarini amalga oshirmay kelayotgan tashabbuskorlar bilan tuzilgan bitimlarni va yer uchastkalarining uzoq muddatli ijaraga berish shartnomalarini belgilangan tartibda bekor qilish masalalari ko’rib chiqiladigan bo’ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram