Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I QABUL QILINGANLIGINING 31 YILLIGI FARG’ONADA KATTA TANTANA QILINDI
2022-11-18 15:58:13 207
Bugun O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Farg’ona shahrida viloyat hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, O’zbekiston mudofasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida tantanali tadbir tashkil etildi.
Dastlab al-Farg’oniy ko’chasidan hajmi 1100 kv.m. bo’lgan ulkan bayroq askarlar ko’magida keng yoyilib orkestr jo’rligida Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va kontsert saroyigacha bo’lgan masofaga olib borildi. Ushbu jarayonni shahrimiz aholisi va mehmonlari, keksa-yu yosh zavq bilan, vatanparvarlik hissi yanada jo’sh urgan holda kuzatdilar.
Viloyat teatr va kontsert saroyining old sahnasida bayramning rasmiy qismi bo’lib o’tdi. Tadbirda so’z olgan farg’onalik ijodkor va tarixchilar, jamoatchilik vakillari xalqaro maydonda mamlakatimizning kuch-qudrati, mustaqillik ramzi bo’lgan bayroq davlatchiligimiz tarixining barcha davrlarida ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g’alaba timsoli bo’lganiga yig’ilganlar etiborini qaratdilar. Shuningdek, davlatimiz bayrog’idagi ranglar ifodasi, navqiron yarim oy va 12 yulduz tasvirlari, ularning mazmun-mohiyati haqida atroflicha to’xtalib o’tildi.
Yosh san'atkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi esa barchaga bayramona ko’tarinkilik bag’ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram