Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA TUMANIDA QISHLOQ XO’JALIGI MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASH HAMDA ISSIQXONALAR FAOLIYATI KENGAYMOQDA
2022-11-18 22:26:49 303
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Farg’ona tumanida amalga oshirilgan yangi loyihalar bilan tanishish jarayonida Do’stlik MFY hududida “Botirov Xamidjon” oilaviy korxonasi tomonidan tashkil etilgan, loyiha qiymati 3 milliard so’m bo’lgan quruq mevalarni qadoqlash tsexini hamda xonadondagi 30 sotix maydonda barpo etilgan zamonaviy tipdagi issiqxonani ko’zdan kechirdi.
Kasanachilik usulida mahalladagi 60 dan ziyod oilalarning bandligini ta'minlab kelayotgan ushbu oilaviy korxonada, asosan o’rik mahsulotlarini quritish hamda qadoqlash ishlari yo’lga qo’yilgan. Mahsulotlar xorijiy bozorlarga, xususan Rossiyaga eksportga yo’naltiriladi.
Korxonada quritilgan o’riklarni qutilarda eksportga tayyorlanayotganiga guvoh bo’lindi. Viloyat rahbari xorijiy mamlakatlardagi supermarketlar tarmoqlari uchun jozibador shaklda kichik hajmli qadoqlash usuliga o’tish lozimligini, bu mahsulot narxini hamda xorijda raqobatbardoshlikni oshirishga yordam berishini ta'kidlab, zamonaviy qadoqlash liniyasi o’rnatish tadbirkor uchun manfaatli bo’lishini qayd etdi. Bu borada viloyatda mavjud qadoqlash korxonalari tajribasini o’rganish hamda loyiha ishlab chiqish lozimligi ta'kidlanib, uni amalga oshirish uchun yetarli bank krediti taqdim etilishi ma'lum qilindi. Shuningdek, oilaviy korxonaning suv ta'minotini yaxshilash bo’yicha murojaat ijobiy hal etildi.
Viloyat hokimi shuningdek, tumandagi “Kadirovs Green House” MChJ tomonidan Mindonobod MFY hududida 2 gektar maydonda tashkil etilgan zamonaviy tipdagi issiqxona hamda ushbu hududda “Mindonobod limonlari” MChJ tomonidan barpo etilgan 1 gektarlik issiqxona-limonariyni borib ko’rdi.
Tadbirkorlar bilan muloqot qilgan viloyat rahbari, qurilish ishlari yakunlanayotgan ushbu issiqxona xo’jaliklarini tabiiy gazga muqobil bo’lgan ko’mir yoki boshqa turdagi yoqilg’i bilan isitish tizimlarini joriy etish masalasini o’rganib chiqish, tejamkor isitish qurilmalarini o’rnatish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram