Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV FARG’ONA TUMANIDAGI YANGI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

×

 2022-11-18 22:56:50    388

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Farg’ona tumanidagi yangi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi, tashabbuskor tadbirkorlar bilan viloyat hokimligi ko’magida loyihalarni kengaytirish va yangi ish o’rinlari yaratish masalasida muloqot o’tkazdi.

Tumanning Yuqori Archa MFY hududida “Chimyon Nafis” MChJ tomonidan sport maydonchalari uchun shuningdek, ishlab chiqarish ob'ektlari uchun rezina gilamlar va plitkalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Qiymati 3,9 milliard so’m bo’lgan loyiha natijasida yaroqsiz avtomobil balonlarini qayta ishlash orqali yillik 600 ming kv.metr 5 turdagi rezina plita va to’shamalar ishlab chiqarish quvvati yaratildi.

Korxona tomonidan kelgusi yilda umumiy qiymati 2,5 million dollar shundan, 2 million dollar xorijiy investitsiya ishtirokida metal cherepitsa ishlab chiqarish loyihasi rejalashtirilgan bo’lib, 20 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi, yillik 1,8 million kv.metr tom qoplama mahsuloti ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi.

Ushbu hududda joylashgan "Far mega xold plast" MChJda qiymati 1,5 milliard so’m bo’lgan plastik trubalar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilib, 15 ta ish o’rinlari yaratilgan. Korxona faoliyatini kengaytirish uchun bank krediti olishga ko’maklashish bo’yicha tadbirkorning viloyat hokimiga murojaati ijobiy yechim topdi.

Do’stlik MFY hududida joylashgan “Chimyon Stall” MChJ tomonidan qiymati 5 milliard so’m bo’lgan tayyor metal buyumlar ishlab chiqarish va tunuka mahsulotlariga ishlov berish loyihasi amalga oshirilib, hozirda 10 nafar ishchi-xodimlar faoliyat olib bormoqda. Korxona rahbari, tunukadan parrandachilik komplekslari uchun zarur butlovchi qismlar ham tayyorlanayotganini, hozirda turkiyalik hamkorlar bilan birga parrandachilik komplekslarini to’la ichki bo’lmalarini tayyorlab berish loyihasini amalga oshirish rejalashtirilayotganini ma'lum qilib, loyiha uchun ishlab chiqarish maydoni ajratish masalasida murojaat qildi. Ushbu masala belgilangan tartibda ko’rib chiqiladigan bo’ldi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram