
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
YANGIQO’RG’ONDA BO’LIB O’TGAN “UCH AVLOD UCHRASHUVI” MISOLIDA VILOYATIMIZ QISHLOQ VA MAHALLALARIDA O’ZIGA XOS BAYRAM TADBIRLARI KENG QULOCH YOZADI

2022-11-18 23:39:03 349
Bugun Buvayda tumani Yangiqo’rg’on MFYda joylashgan “Imperial” tantanalar majmuasida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ishtirok etdi. Tadbirga mahalla hududida istiqomat qilayotgan faollar, nuroniylar va yoshlar taklif etildi.
Tadbirga faqat yangiqo’rg’onliklar jamlanganida o’ziga xos ma'no-mazmun borligini qayd etgan viloyat rahbari, faqat shahar-tumanlar markazlaridagina emas, endi qishloq va mahallalarda ham bunday tadbirlar doimiy tashkil etilib, fidoyi otaxon, onaxonlarning bosib o’tgan hayot yo’lini yoshlarga ibrat qilib ko’rsatish orqali ajdodlarimizdan qolgan muqaddas oilaviy an'ana va qadriyatlarni asrash ustuvor vazifaga aylanishini ta'kidladi.
Inson qadri ulug’lanayotgan yurtimizda Prezidentimiz topshiriqlari bilan o’tgan yildan beri o’tkazilib kelinayotgan uch avlod uchrashuvlari keksalarimizga hurmat-ehtirom ko’rsatish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. Yangiqo’rg’on MFYda ham tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga katta hissa qo’shayotgan nuroniy-faxriylar borligi, ularning hayot yo’li yoshlarga namuna va ibrat ekanligi urg’ulandi.
Tadbirda Mehnat qahramonlari Maqsudali Haydarov, Oliyaxon Sultonova, Abdullajon Ro’zialiyev va O’zbekiston Qahramoni Patilaxon Ergashevalar nomlari alohida e'tirof etildi. O’zbek qo’shiqchilik san'atining daholaridan Rasulqori Mamadaliyev, Kamoliddin ota Hamroqulov, Abdulatif Xoldorov, Rahimjon Kamolov va boshqa buvaydalik san'atkorlar, O’zbekiston qiziqchilari ustozi Muhiddin Darvishev butun O’zbekiston faxr-iftixoriga aylangani aytib o’tildi.
El hurmatiga sazovor bu ibratli insonlarning bosib o’tgan hayot yo’li haqida videoroliklar namoyish etildi, ularga va yaqinlariga esdalik sovg’alari topshirildi.
Bir piyola choy ustida boshlangan qizg’in suhbat kontsert dasturi bilan davom etdi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar Qilichbek Tojiyev, To’lqin Haydarov, xonanda Jo’rabek Qodirov kabi san'atkorlar hamda so’z ustasi Abdurahmon Sidiqovning chiqishlari tadbirga ko’tarinkilik bag’ishladi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram