
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA EKOSHAHARDAGI “YANGI O’ZBEKISTON” BOG’IDA OMMAVIY KO’CHAT EKISH TADBIRI BO’LIB O’TDI

2022-11-19 19:06:47 526
Bugun Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahardagi “Yangi O’zbekiston” bog’ida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ommaviy ko’chat ekish tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat tashkilot va idoralari rahbarlari, yoshlar, jamoatchilik vakillari, ekologiya hamda obodonlashtirish sohasi xodimlari ishtirok etdilar.
Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yurtimizda keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuz mavsumida viloyatimizda 5 million 747 ming dona ko’chat ekish belgilangan bo’lib, hozirgi kunga qadar 4 million 437 ming dona ko’chat ekilishi ta'minlandi.
Viloyat bo’ylab avtomobil yo’llari yoqasiga, dala maydonlari chetlariga, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ob'ektlari, mahallalar, ijtimoiy muassasalar hududlariga manzarali va mevali ko’chatlar o’tqazildi. Viloyatimizning 19 ta shahar va tumanlarida 40 ta yashil bog’lar tashkil etildi. Rejalashtirilgan ko’chat ekish tadbirlari 1 dekabrga to’la yakunlanadi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram