
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDA AHOLI DAM OLISH IMKONIYATLARI HAMDA ICHKI TURIZM KO’LAMI KENGAYTIRILADI

2022-11-19 20:18:20 1024
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun Farg’ona shahrining Qirguli mavzesida bo’lib, “Do’stlik uyi”dan (sobiq Madaniyat saroyi) Farg’ona neftni qayta ishlash zavodigacha bo’lgan oraliqdagi xiyobonni obodonlashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Viloyat hokimining o’tgan yilgi o’rganishlari davomida ushbu xiyobonning qarovsiz ekani ko’zga tashlanib, shahar mutasaddilariga ushbu hududni obodonlashtirish, yengil ovqatlanish shaxobchalari tashkil etish, yangi manzarali daraxtlar ekish, gulzorlar barpo etish orqali aholi dam olishi hamda bo’sh vaqtini o’tkazishi uchun imkoniyat yaratish bo’yicha vazifalar belgilab berilgandi.
Ushbu topshiriqlar ijrosi doirasida hozirda xiyobon hududida qator yengil turdagi xizmat ko’rsatish shaxobchalari barpo etish ishlari yakunlanmoqda, aholi uchun o’rindiqlar o’rnatilgan. Biroq hududni yashillashtirish, manzarali gullar ekish, yoritish tizimini joriy qilish, bepul Wi-fi zonalar tashkil etish bo’yicha ishlar hali tashkil etilmagan. Viloyat rahbari bu boradagi ishlarni jadallashtirish bo’yicha aniq muddatli ko’rsatmalar berdi. Xiyobonning ikki chetiga betondan chegaralar o’rnatilganiga tanqidiy e'tibor qaratgan viloyat rahbari, aholiga qulaylik uchun ularni olib tashlash bo’yicha topshiriq berdi. Kelgusi oyda xiyobon hududida ommaviy ko’chat ekish tadbirini tashkillash yuzasidan vazifalar belgilandi.
Qirguli sport-baliqchilik xo’jaligi sifatida foydalanib kelinayotgan ko’l ko’zdan kechirildi. Ushbu suv havzasi ko’p yillar davomida farg’onaliklar uchun cho’milish va dam olish maskani sifatida xizmat qilib kelgan, biroq hozirda samarasiz foydalanib kelinmoqda. Viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig’iga ushbu ko’lni hamda uning atrofini topos'emka qilish, bu yerda zamonaviy turistik xizmatlar bilan boyitilgan cho’milish va dam olish zonasi tashkil etish bo’yicha kontseptsiya ishlab chiqish topshirig’i berildi.
Shaharning Surhtepa MFY hududidagi o’rganishlar davomida ko’plab mahallada yashovchilar o’z xonadonlari hududidan o’tgan kanal yoqasiga so’rilardan iborat dam olish joylari tashkil etishgani ko’zga tashlandi. Xizmat ko’rsatish mahallada bandlikni ta'minlashning asosiy turlaridan biri ekani ma'lum qilindi. Viloyat hokimi bunday dam olish maskanlarini umumiy kontseptsiyaga birlashtirish, hududni obodonlashtirish, mahallada ichki turizm uchun sharoitlarni yaxshilash, taqdim etiladigan xizmatlar borasida targ’ibot ishlarini olib borish bo’yicha mas'ullarga vazifalar belgilab berdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram