
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
MAHALLADA TADBIRKORLIK: FARG’ONA SHAHRIDAGI SURXTEPA MFYDA OILAVIY POYABZAL ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI AHOLI BANDLIGINI TA'MINLOVCHI BOSH OMIL BO’LMOQDA

2022-11-19 21:03:46 882
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun Farg’ona shahrida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida Surxtepa MFYda joylashgan oilaviy poyabzal ishlab chiqarish korxonalarini borib ko’rdi.
Kamoliddin Zakirov rahbarligidagi “Hayrixon Kamol orzu” oilaviy korxonasida kuniga 500 juftga yaqin poyabzallar ishlab chiqariladi. Kichikkina hovlida joylashgan korxonada mahalladagi 50 nafardan ziyod aholi doimiy ish o’rniga ega bo’lgan.
Sa'dulla Rahimov tomonidan tashkil etilgan “UZ.V&M Shoes For Men” oilaviy korxonasida esa 40 nafar mahalladoshlar faoliyat olib borishadi. Ushbu korxonada kunlik 150 juft poyabzal hamda 2000 dona poyabzal tag qismi ishlab chiqariladi. Korxona qoshida chakana savdo do’koni ham mavjud. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning Tojikistonga eksporti ham yo’lga qo’yilgan.
Tadbirkorlar bilan muloqot qilgan viloyat rahbari, jahondagi bozor kon'yunkturasini to’g’ri baholab, xorijdagi talabdan kelib chiqib eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, kichik korxonalar yagona brend ostida mahsulotni bozorga taqdim etish bo’yicha ish tashkil etish lozimligi yuzasidan o’z fikrlarini bildirdi.
Viloyat rahbari ushbu korxonalar faoliyatini kengaytirish uchun Jahon banki va Xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini jalb etishga ko’maklashish bo’yicha Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig’iga topshiriq berdi.
Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga hududda elektr ta'minotini yaxshilash bo’yicha ish tashkil etish vazifasi yuklatildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram