
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRIDA LOYIHA QIYMATI QARIYB 10 MILLION DOLLAR BO’LGAN YANGI TEKSTIL KORXONASI TASHKIL ETILDI

2022-11-19 21:14:50 251
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahri “1-Beshbola” MFY hududida “A.Akbarali” MChJ tomonidan amalga oshirilgan trikotaj matolari to’qish hamda trikotaj va sochiq mahsulotlarini bo’yash loyihasi bilan tanishdi.
Loyiha qiymati qariyb 10 million dollar bo’lgan ushbu korxonada 300 ta yangi ish o’rni yaratilmoqda. Hozirda qurilish hamda texnologiyalarni o’rnatish ishlari yakunlangan, liniya yaqin muddatda ishga tushiriladi.
Yangi liniyaga Turkiya, Italiya va Xitoydan keltirilgan qiymati 7,3 million dollarlik zamonaviy uskunalar o’rnatildi. Loyiha natijasida yillik 2184 tonna trikotaj matosini to’qish, 3360 tonna trikotaj matosini hamda 1680 tonna momiq sochiq matosini bo’yash quvvati shakllantirildi. Yillik 130 milliard so’mlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 6,8 million dollarlik mahsulotni eksportga yo’naltirish ko’zda tutilgan.
Korxonada matolarni bo’yash jarayonida ishlatilgan suvni oqava suv oqimiga chiqarishdan avval tozalash uchun 7 ta hovuzdan iborat zamonaviy suv tozalash inshooti ham barpo etilmoqda.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram