Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


JURNALIST VA BLOGERLAR VILOYATIMIZDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDILAR

×

 2022-11-23 19:50:21    225

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tashabbusi bilan Farg’ona shahrida jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar e'tiborda bo’ldi.

Press-tur davomida viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas'ul rahbarlari tomonidan viloyatda joriy yil kuz mavsumida 5 million 747 ming tup manzarali va mevali ko’chatlar hamda qalamchalar ekish rejalashtirilgani va ko’chat ekish tadbirlari 1 dekabrga to’la yakunlanishi ma'lum qilindi.

Bugungi kun holatiga 5 million 200 ming tupdan ziyod ko’chatlar ekilib, ayni jarayonlar hududlarda jadal davom etayotgani qayd etildi. Press-tur davomida shahardagi “O’rmonchilar” MFY dagi Aeroport ko’chasida joylashgan 2,2 gektar maydondagi “Jamoat parki”da ko’chat ekish tadbirlari bilan tanishildi.

Bosh rejaga asosan Eldar sosnasi, oqqayin, klen kabi 1200 tupdan ziyod manzarali daraxtlar ekilgan maydonda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va mas'ul idoralar ko’magida yana 3 ming tup manzarali daraxtlar ekish ishlari qizg’in amalga oshirilayotgani ma'lum qilindi. Shu joyda ekologiya davlat inspektorlari tomonidan ekilgan ko’chatlarni “Yashil makon” elektron platformasiga kiritish, ularga mas'ullarni biriktirish chora-tadbirlari tushuntirib o’tildi.

Keyingi manzilda esa Ekoshahar hududida 70 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yangi O’zbekiston” bog’ida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari ko’rildi. Bu yerga jami 18 742 tup daraxtlar ekish rejalashtirilgan bo’lib, hozirda 11 yarim ming tupga yaqin Qrim sosnasi, kashtan, dub, oqqayin, sakura kabi ko’plab turdagi manzarali daraxtlar joylashtirilgani haqida ma'lumot berildi.

Pess-tur ishtirokchilari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt, buta ko’chatlari hamda qalamchalarni ekish ishlarini muvofiqlashtiruvchi viloyat shtabida ham bo’lib, “dolzarb 40 kunlik” bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram