Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA RESPUBLIKA BOSH BOLALAR ONKOLOGI ISHTIROKIDA IKKI MURAKKAB ONKOLOGIK JARROHLIK AMALIYOTI MUVAFFAQIYATLI O’TKAZILDI
2022-11-24 18:59:57 254
Bugun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIO va RIATM) viloyat filialida ikki nafar o’smir yoshdagi bemorda murakkab jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli o’tkazildi. Har ikki amaliyot Respublika Bosh bolalar onkologi, RIO va RIATM Bolalar onkologiyasi bo’limi rahbari, tibbiyot fanlari nomzodi Tojidin Mustafoyev ishtirokida amalga oshirildi.
Uchko’prik tumanida yashovchi Diyoraxon Saminova 15 yoshda. Ikki yildan buyon o’ng oyog’i son sohasida og’riq bezovta qilib yurgan. Tekshiruvlar natijasida “O’ng son suyagi yuqori uchligi o’smasi” tashhisi qo’yilgan. Bugun bemorga tekshiruvlardan so’ng “O’ng son yuqori uchligi o’sma ekskoxleatsiyasi, o’sma o’rnini tibbiy tsementoplastika qilish” amaliyoti o’tkazildi.
Quva tumanidan Ro’ziboyev Bektemir esa 13 yoshda. Bemorda bir necha yillar avval chap oyoq boldir sohasida o’sma paydo bo’lib sekin asta kattalashib borgan. Tekshiruvlar natijasida bemorda chap oyoq boldir sohasi yumshoq to’qimasi katta hajmli o’smasi, o’sma hisobiga kichik boldir suyagining yemirilishi aniqlangan. Mazkur bemorda “Chap oyoq boldir sohasi katta hajmli yumshoq to’qimasi o’smasini kesib olish, kichik boldir suyagi qirg’oqli rezektsiyasi” amaliyoti o’tkazildi.
Zamonaviy texnologiyalar va malakali xodimlar bilan bir vaqtning o’zida o’smani olish va bemorlarni sog’lom hayotga qaytarish imkoniyatini yaratadigan jarrohlik ishlari olib borildi.
Har ikki amaliyot muvaffaqiyatli yakunlanib, bemorlarning amaliyotdan keyingi holati yaxshi.
E'tiborlisi, filialda har oyda 100 nafardan 140 nafargacha bo’lgan bemorlarda bu kabi jarrohlik amaliyotlari o’tkazilmoqda. Bunda albatta, Toshkentdan kelgan tajribali mutaxassislar ko’magida mahalliy soha vakillarining ham bilim va ko’nikmalari mustahkamlanib borayotgani qo’l kelmoqda.
120 o’rinli Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi viloyat filialida bugungi kunda umumiy xirurgiya, reproduktsiya organlari patologiyasi, bosh va bo’yin tayanch harakati va bolalar onkologiyasi, radiologiya, kimyoterapiya kabi jami 10 ta bo’lim bor. Ularda 350 nafardan ziyod tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqdalar.
Asosiysi bemorlarga shu yerning o’zida, ortiqcha sarson bo’lmasdan va olis hududlarga bormasdan jarrohlik amaliyotlarini o’tashlari va zarur muolajalarni olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram