Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 212 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULINI O’TKAZDI

×

 2022-11-25 16:32:12    196

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da navbatdagi fuqarolar qabulini o’tkazdi. Prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo’yicha maslahatchisining birinchi o’rinbosari Ulug’bek Muxammadiyev ishtirokida o’tkazilgan qabul chog’ida viloyat hokimining shaxsiy qabulini so’rab murojaat qilgan 102 nafar murojaatchilarning masalalari ko’rib chiqildi.

Qabulga viloyat sektorlari rahbarlari, viloyatdagi boshqarma va idoralar boshliqlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ham jalb etildi. Qabulda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan murojaatchilar ishtirok etishdi, eng ko’p murojaat Farg’ona va Qo’qon shaharlarida yashovchi fuqarolardan qabul qilindi.

Qabulda asosan uy-joy bilan ta'minlash, moddiy yordam va subsidiya olish, davolanish uchun ko’maklashish, bank krediti ajratish, yashash sharoitlarini yaxshilash, bandlik, sud-huquq masalalari, ichimlik suvi, elektr ta'minotidagi nosozliklarni bartaraf etish, egalik huquqini tiklash va boshqa masalalar bo’yicha qilingan murojaatlar tegishli mas'ullar ishtirokida ko’rib chiqildi.

Ko’plab masalalarga qabul davomida ijobiy yechim belgilash bilan bir qatorda, ba'zi fuqarolarning murojaatlari qo’shimcha o’rganish olib borish uchun mutasaddi tashkilotlarga topshirildi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoni mavjud bo’lmagan murojaatlar bo’yicha tegishli tushuntirishlar berildi.















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram