Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


JORIY YILDA FARG’ONA VILOYATIDA JAMI 7956 XONADONDAN IBORAT 200 TA KO’P QAVATLI UY-JOYLAR BARPO ETILMOQDA

×

 2022-11-25 18:33:36    218

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida viloyat qurilish bosh boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing hamda xodimlar huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida o’quv seminari tashkil etildi.

Dastlab viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig’i Laziz Pozilov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi, ob'ektlarda qurilish ishlari borishini kuzatish, mablag’lardan to’g’ri foydalanish, ob'ektlarni o’z vaqtida foydalanishga topshirish jarayonlari haqida ma'lumot berdi.

Hisobotda viloyatda 102 ta aholi yashash punktlarida shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilgani ko’rsatib o’tildi. Joriy yilda 38 ta MFYlarning hamda 3 ta “Yangi O’zbekiston” massivlarining bosh rejalari, 4 ta MFYlarning shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemasi, 3 ta shaharchalarning Bosh reja va batafsil rejalashtirish ishlari amalga oshirilayotganligi ma'lum qilindi.

1991-2016 yillarda yoki 25 yil davomida viloyatimizda 430 ta 10 ming 406 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar qurilishi amalga oshirilgan bo’lsa, keyingi 5 yilda 814 ta 23 ming 924 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar barpo etildi. Xususan, 2021 yilda viloyatimizda jami 292 ta 7500 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar qurib bitkazildi. Joriy 2022 yilda esa jami 200 ta 7 ming 956 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar qurilishi amalga oshirilayotgani ma'lum qilindi.

Bugungi kunda viloyatda 7 ta uy-joy qurilish klasterlari faoliyat olib borayotgani, aholi uchun arzon uy-joylar qurilishini ta'minlashda muhim omillardan biri bo’layotgani qayd etildi.

Brifingda Farg’ona shahridagi Ekoshahar, Farg’ona va Yozyovon tumanlaridagi “Yangi O’zbekiston” massivlari, ulardagi qurilish ishlari haqida ham so’z bordi.

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari Anvarjon Ashurov ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlarga ishtirokchilar e'tiborini qaratdi. Joriy yil kuz mavsumida 5 million 747 ming tup manzarali va mevali ko’chatlar hamda qalamchalar ekish rejalashtirilgan bo’lib, reja ortig’i bilan bajarilgani va daraxt ekish ishlari davom etayotgani aytib o’tildi.

Shu kuni ochiq muloqot ham tashkil etilib, ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Viloyat adliya boshqarmasi mas'ullari tomonidan qurilish sohasi xodimlariga Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta'minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi. Korruptsiya, korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar va manfaatlar to’qnashuvi tushunchalari haqida to’xtalib o’tildi.

Yakunda tadbir qatnashchilari Ekoshahar hududidagi qurilishlar bilan yaqindan tanishdilar.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram