Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYATIMIZDA MUQOBIL ENERGIYA MANBALARINI JORIY ETISH MASALASIGA ALOHIDA E'TIBOR QARATILMOQDA
2022-11-26 12:02:39 216
2022 yilning o’tgan davrida Farg’ona viloyati bo’yicha 526 ta ob'ektda umumiy quvvati 7,4 mVtli quyosh elektr panellari o’rnatildi. Yil yakuniga qadar yana 3134 ta ob'ektda 5,9 mVtli quyosh elektr panellari o’rnatish rejalashtirilgan.
Joriy yilda ijtimoiy soha ob'ektlarida xususan, 69 ta maktabda, 28 ta maktabgacha ta'lim tashkilotida, 15 ta sog’liqni saqlash muassasasida hamda 7 ta oliygohda va boshqa ob'ektlarda quyosh elektr panellari o’rnatish uchun viloyat mahalliy byudjetidan 11 milliard so’m mablag’ ajratildi.
143 ta ko’p qavatli 2630 xonadonli uy-joylarga, 1300 ta "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar xonadonlariga joriy yil yakuniga qadar quyosh panellarini o’rnatish uchun viloyat mahalliy byudjet mablag’laridan 2,8 milliard so’m yo’naltirildi va bu borada ishlar jadal davom etmoqda. E'tiborlisi, quyosh panellari o’rnatilgan xonadonlarga soliq imtiyozlari berilishi ham ko’zda tutilgan.
“Farg’ona Issiqlik elektr markazi” AJ hududida quvvati 1,8 mVt bo’lgan quyosh fotoelektr stantsiyasini qurilishi yakuniy bosqichga kirdi. Loyiha qiymati 14,1 milliard so’m bo’lgan ushbu Quyosh fotoelektr stantsiyasini qurilish ishlari joriy yil 15 dekabrga qadar yakuniga yetkaziladi.
Turkiyaning Klintek İnşaat ve Enerji kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan investitsion loyiha doirasida Farg’ona viloyatida ekologik toza texnologiyalarni tadbiq etgan holda chiqindini qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Qiymati 170 million yevro bo’lgan korxona ishga tushirilsa, viloyatimizda kunlik 2,5 ming tonnagacha bo’lgan chiqindini qayta ishlash hisobiga yillik 52 MVt elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Hozirgi kunda ushbu loyiha ustida muzokaralar yakuniy bosqichda davom etmoqda.
Shuningdek, xorijiy investitsiyalar hisobiga Farg’ona viloyati hududida quvvati 100 MVt bo’lgan quyosh elektrostantsiyasi qurilishi loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram