Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
RASMIY MUNOSABAT
2022-11-28 12:43:52 221
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg’ona tumani hududida qurib bitkazilayotgan ko’p qavatli uylarning kanalizatsiya tizimi bilan bog’liq masalada e'lon qilingan tanqidiy material yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi PF-5886-sonli “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoniga asosan, Farg’ona tumani “Sanoat” va “Xosilot” MFYlar hududida 6 ta 5 qavatli turar-joy binolari qurish uchun Farg’ona tumani hokimining 2020 yil 21 maydagi 340-sonli qarori bilan 1,25 gektar yer maydoni ajratib berilgan.
Hozirgi kunga qadar mazkur turar-joylardan 3 ta ko’p qavatli uylar qurib bitkazilgan. Qolgan 3 ta bino qurilish ishlari davom etmoqda. Ushbu ob'ektlarga ichimlik suv tarmog’ini tortish ishlari “Farg’ona viloyati hokimligi kapital qurilish sohasidagi buyurtmachi xizmati” kompaniyasi orqali amalga oshirish ishlari olib borilgan. Dastlabki loyihada belgilangan lokal kanalizatsiya tarmoqlari qurish masalasiga aholi tomonidan e'tirozlar bo’lgani sababli, loyiha o’zgartirilib, ushbu turar-joylar kanalizatsiyasini markaziy kanalizatsiya tarmog’iga ulash bo’yicha tegishli o’zgartish kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi PQ-408-sonli qarori hamda Xalq deputatlari viloyat kengashining 2022 yil 3 noyabrdagi VI-51-158-11-0-K/22-sonli qaroriga asosan, Farg’ona tumanida 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida tumandagi Sanoat MFY Do’stlik, Paxtakor, Mustaqillik, Chimyon va 8 Mart ko’chalariga umumiy uzunligi 1 km. bo’lgan yangi kanalizatsiya tarmog’i tortish ishlari rejalashtirilgan bo’lib, bu maqsadda 1 mlrd. 600 mln. mablag’ ajratilgan. Ushbu ob'ektdagi ishlarni amalga oshirish uchun buyurtmachi "Suv ta'minoti va oqava suv ob'ektlari bo’yicha injiniring kompaniyasi" DUKga topshirilgan. Turar-joy binolarining ichki kanalizatsiya tarmoqlari yakunlangan. Hozirgi kunda yuqorida ko’rsatilgan ob'ekt bo’yicha loyihalash ishlari olib borilmoqda. Markaziy kanalizatsiya tarmog’iga ulash ishlari joriy yil 30 dekabrga qadar yakunlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram