Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMINING BIRINCHI O’RINBOSARI TADBIRKORLAR QABULINI O’TKAZDI

×

 2022-11-28 12:49:39    364

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev ishtirokida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi. Viloyat tadbirkorlarining tashabbuslari va loyihalarini qo’llab-quvvatlash, muammo va murojaatlariga qonuniy yechim topish maqsadida o’tkazilgan qabulda viloyatimizning shahar va tumanlaridan kelgan 30 nafarga yaqin tadbirkorning murojaatlari ko’rib chiqildi.

Qabulda tadbirkorlar yangi ishlab chiqarishlarni yo’lga qo’yish, tadbirkorlik uchun zarur kommunikatsiya tarmoqlarini tortish, imtiyozli va uzoq muddatli kredit olish, “Aqlli bekat” qurish, yengil tipdagi binoni qonuniy tartibda rasmiylashtirish, yer maydonini auktsionga qo’yib berish va boshqa turli masalalarda murojaat qildilar.

Xususan, Zuxriddin Mahmudaliyev Farg’ona shahrida qad rostlayotgan Ekoshaharda tibbiyot muassasasi qurish niyati borligini, Farg’ona shahrida faoliyat olib borayotgan Abdulqunduz Yunusov esa o’z ishini kengaytirib So’x tumanida ham bo’yoq ishlab chiqarish korxonasini qurmoqchi ekanligini va 20 taga yaqin yangi ish o’rinlarini yaratishini ma'lum qildi.

Har bir qilingan murojaat viloyat tashkilotlari mas'ullari ishtirokida ko’rib chiqilib, tegishli tartibda tadbirkorlarga ko’mak ko’rsatilishi uchun chora-tadbirlar belgilandi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoni mavjud bo’lmagan murojaatlar bo’yicha tushuntirishlar berildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram