Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 247 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI BUVAYDA TUMANIDAGI YANGI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARI BILAN TANISHDI

×

 2022-11-29 20:56:12    270

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan Buvayda tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o’rganish jarayonida, tumandagi yangi ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi, tadbirkorlar bilan muloqot qildi.

Beglar MFY hududida joylashgan “Lion Print” xususiy korxonasida gofra korobkalar, etiketkalar, plyonka paketlar kabi jami 50 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Hozirda korxonada 100 nafar ishchi-xodimlar mehnat qiladi. Mahsulotlar ichki bozor bilan birga qo’shni davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

Hozirda korxonada 5 million dollar qiymatidagi yangi loyiha doirasida 7 qavatli ma'muriy bino va 4 qavatli ishlab chiqarish majmuasi qurilishi yakunlanmoqda. Tadbirkor viloyat rahbariga korxonaning kelgusi rejalari haqida ma'lumot berdi. Korxona rahbarining hududni kanalizatsiya tarmog’iga ulashda amaliy yordam berish borasidagi murojaati ijobiy hal etiladigan bo’ldi. Shuningdek, korxona elektr ta'minotida ogohlantirishsiz uzilishlarga yo’l qo’ymaslik yuzasidan mas'ullarga ko’rsatma berildi.

Viloyat rahbari “Al-Mansur” xususiy korxonasi tomonidan tumanda barpo etilayotgan yuqori kuchlanishli kabel mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi qurilishini ham borib ko’rdi. Loyiha qiymati 15 milliard so’m bo’lgan korxonada qurilish ishlari yakunlanib, hozirda uskunalarni o’rnatish ishlari davom etmoqda. Korxona kelgusi yil mart oyida ishga tushirilishi ko’zda tutilgan.

“Yangiqadam” MFY hududida “Xumo mebel 2010” xususiy korxonasi tomonidan joriy yilda amalga oshirilgan mebel mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan ham tanishildi. 5 milliard so’m mablag’ hisobiga amalga oshirilgan loyiha natijasida 20 dan ziyod ish o’rni yaratilgan. Korxona faoliyatini takomillashtirish hamda kengaytirish maqsadida bank krediti olishga yordam berish yuzasidan tadbirkorning murojaati ijobiy yechim topdi. Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi rahbariga Jahon banki mablag’lari hisobidan 1,5 milliard so’m imtiyozli kredit olish masalasida ko’maklashish topshirig’i berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram