Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 70 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BUVAYDA TUMANIDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA XUSUSIY BOSHLANG’ICH MAKTAB TASHKIL ETILDI, INNOVATSION AVTOMAKTAB FAOLIYATI YO’LGA QO’YILDI

×

 2022-11-29 21:40:10    481

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Buvayda tumanidagi o’rganishlari davomida Beglar MFY hududida barpo etilgan, loyiha qiymati 1 milliard 800 million so’m bo’lgan “Little Harvard” xususiy maktabida ham bo’ldi. 

Tadbirkor Otabek Muhammadaliyev davlat-xususiy sheriklik loyihasi asosida tuman mudofaa ishlari bo’limining 1 qavatli binosini 1,5 milliard so’mdan ziyod mablag’ sarflab, qo’shimcha ikkinchi qavat barpo etgan holda qayta ta'mirlab zamonaviy ko’rinishga keltirib berishi evaziga unga tuman mudofaa ishlari bo’limi tomonidan xususiy maktab qurish uchun yer maydoni ajratilgan.

Boshlang’ich sinflar uchun mo’ljallangan 192 o’rinli ta'lim maskani O’zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Ingliz va rus tili hamda mantiqiy masalalarni yechishni o’rgatishga ixtisoslashgan ushbu muassasada 20 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Viloyat hokimi tumandagi “Yangiqo’rg’on” MFY hududida “Egamberdi ota fayz baraka savdo” xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan innovatsion Avtomaktab faoliyati bilan ham tanishdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram