Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 161 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA TURKIYA O’RTASIDA HAMKORLIKNING YANGI AMALIY QADAMLARI QO’YILDI

×

 2022-11-30 11:05:05    223

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev va viloyat hokimligi investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi kotibiyati mudiri Azimjon Yuldashev 23-28 noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo’lib, turk sarmoyadorlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari bilan qator samarali muzokaralar o’tkazdilar. Uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar Farg’ona viloyati va Turkiya o’rtasida iqtisodiy-investitsion hamkorlikning yangi amaliy qadamlari bo’ldi.

Farg’ona-Istanbul ishbilarmonlar kengashini tuzish yuzasidan o’rtaga tashlangan tashabbus ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish uchun muhim omil bo’lishi shubhasiz. Kengash uchun turkiyalik tadbirkor Bilal Shirin tomonidan beg’araz asosda Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida 4 qavatli bino qurib berilishiga kelishildi. Binoda o’zbek-turk biznes uchrashuvlari, konferentsiyalar o’tkazib boriladi va turk tadbirkorlari tomonidan viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar doimiy shourumi tashkil etiladi.

Amalga oshirishga kelishilgan aniq kelishuvlar orasida Farg’onada temperlangan oyna va shisha qadoqlar ishlab chiqarish bo’yicha Turkiya-Germaniya qo’shma korxonasini tashkil etish, “Gersan Elektrik” kompaniyasi tomonidan viloyatimizda elektromobillarni quvvatlantirish apparatlarini ishlab chiqarish va quvvatlash markazlari faoliyatini yo’lga qo’yish, Farg’onada turk sarmoyasi hisobidan yirik zargarlik korxonasi hamda zargarlar tayyorlash o’quv markazini tashkil etish, Farg’ona shahrida xalqaro “Ocakbaşı” restoranlar tarmog’iga kiruvchi 2 ta turk restorani ochish, ko’p qavatli modulli uylar qurish bo’yicha innovatsion Turkiya tizimini viloyatimizda joriy etish kabi loyihalarni qayd etish mumkin.

Shuningdek, tashrif davomida Turkiyaning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan Farg’onada tekstil mahsulotlari, sanoat bo’yoqlari ishlab chiqarish sohasiga investitsiya kiritish, viloyatimizda davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiyot parki faoliyatini tashkil etish, tibbiyot sohasiga axborot texnologiyalarini joriy etish masalalari kabi istiqbolli hamkorlik loyihalari yuzasidan samarali muzokalar o’tkazildi.

Joriy yil dekabr oyida turk kompaniyalari rahbarlarining viloyatimizga tashrifini tashkillashga kelishib olindi. Farg’ona shahrida o’tkaziladigan uchrashuvlarda har bir loyiha kesimida Yo’l xaritasi va tarmoq grafiklari ishlab chiqiladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram