Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATIDA OILAVIY TADBIRKORLIK DASTURLARI IJROSINI TA'MINLASH UCHUN AHOLI VA TADBIRKORLIK SUB'EKTLARIGA 900 MILLIARD SO’MDAN ORTIQ KREDIT MABLAG’LARI AJRATILDI
2022-11-30 12:22:51 229
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ–55-sonli qarori bo’yicha Farg’ona viloyatida 40 583 ta aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga 902,8 milliard so’m kredit mablag’lari ajratildi va yillik reja ortig’i bilan bajarildi.
Kreditlarning 304,5 milliard so’mi yoki 33,7 foizi 13 549 ta yoshlar loyihalarini moliyalashtirishga, 385,6 milliard so’mi yoki 42,7 foizi 21 112 ta ayollar tadbirkorligini yo’lga qo’yish uchun yo’naltirildi.
O’z navbatida ta'kidlash lozimki, ushbu kreditlar avvalgi yillarda ajratilgan kreditlarning so’ndirilishi hisobiga qayta shakllangan mablag’lar hisobidan ajratilishi sababli, yil yakuniga qadar qaytariladigan kreditlar hisobidan yagona elektron platforma orqali kelib tushgan arizalar doirasida qo’shimcha kreditlar ajratiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram