Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“KORRUPTSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ” MAVZUSIDAGI INSHOLAR TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G’OLIBLARI ANIQLANMOQDA

×

 2022-11-30 19:49:42    301

PDF yuklash
Chop etish


Bugun “Korruptsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusidagi insholar tanlovining viloyat bosqichi g’oliblarini aniqlash bo’yicha viloyat hakamlar hay'ati va unga ko’maklashuvchi viloyat ekspert guruhining qo’shma yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Tanlovning viloyat bosqichi g’oliblarini aniqlash bo’yicha viloyat hakamlar hay'ati va unga ko’maklashuvchi viloyat ekspert guruhi tomonidan viloyat bosqichi g’oliblarini aniqlash tadbiri ochiq, shaffof va adolatli o’tkazilmoqda.

Nizomga ko’ra, tanlov ikki bosqichda shahar-tuman va viloyat bosqichlari bo’yicha tashkil etildi.

Bunda tanlovning birinchi bosqichi uch guruh kesimida - umumiy o’rta ta'lim maktablarining 10-11 sinflari, litsey va professional ta'lim muassasalari hamda oliy ta'lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkazildi.

Shunga ko’ra, tanlovning birinchi bosqichida g’olib bo’lgan umumiy o’rta ta'lim maktablarining 10-11 sinflaridan 19 nafar, litsey va professional ta'lim muassasalaridan 6 nafar, oliy ta'lim muassasalaridan 8 nafar jami 33 nafar ishtirokchilar aniqlanib, ularni viloyat bosqichida qatnashishlari uchun yo’llanmalar berildi.

Tanlovning viloyat bosqichi g’oliblari 9 dekabr - Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuniga bag’ishlangan Aksilkorruptsiya haftaligi doirasida o’tkaziladigan tadbirda e'lon qilinib, g’oliblar viloyat hokimligining faxriy yorlig’i va sovg’alari bilan taqdirlanadi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram