Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
MARG’ILON SHAHRIDA HAMDA BUVAYDADA YASHOVCHI 7 NAFAR YETIM VA OTA-ONA QARAMOG’IDAN MAHRUM BO’LGAN YOSHLARGA DAVLATIMIZ RAHBARI SOVG’ASI – KVARTIRALAR KALITLARI TOPSHIRILDI
2022-11-30 20:59:53 578
Bugun Marg’ilon shahrida 7 nafar yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan yoshlarga Davlatimiz rahbari sovg’asi – kvartiralar kalitlari topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Prezidentimiz tomonidan yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro’yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashga alohida e'tibor berilmoqda. Bugun 6 nafar marg’ilonlik hamda 1 nafar buvaydalik yoshlar ham ushbu amaliy g’amxo’rlik natijasida o’z uylariga ega bo’ldilar.
Ruxshona Mahmudjonova, Oyatillo Yusufjonov, Mahmudjon Murodilov, Alina Sachnyova, Gulshoda Pirmatova, Xayriniso Xoshimova va buvaydalik Alimardon Abdujalilovlar Davlatimiz rahbari tomonidan ajratilgan mablag’ hisobiga xarid qilingan va o’z nomlariga rasmiylashtirilgan 1 xonali kvartiralar kalitlarini viloyat hokimidan qabul qilib oldilar.
Yangi xonadon egalarining quvonchlari bir olam, ular berilayotgan e'tibor va g’amxo’rliklar uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorchiliklarini izhor qildilar.
Hozirda Ruxshona va Oyatillo o’quv kurslarida kasbga o’qitilmoqda. Alina va Gulshoda kasb-hunar maktablarida tahsil olmoqda. Mahmudjon shahardagi gilam yuvish korxonasida ish boshqaruvchi bo’lib ishlaydi. Xayriniso 2 yoshli farzandi tarbiyasi bilan band. Alimardon esa oilali, bir nafar farzandi bor, ustachilik bilan shug’ullanadi.
Prezidentimizning ezgu va xayrli qarorlari bilan o’tgan yili viloyatimiz bo’ylab 18 yoshga to’lgan 29 nafar yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan yoshlarga ko’p kvartirali uy-joylardan kvartira taqdim etilgan bo’lsa, bu yil 17 nafar yigit-qiz ta'mirlangan va to’la jihozlangan uy-joylar egasiga aylanishmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram