Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV FARG’ONA VA MARG’ILON SHAHARLARINI BOG’LOVCHI YO’L O’TKAZGICHDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN TA'MIRLASH ISHLARINI BORIB KO’RDI

×

 2022-11-30 21:09:49    456

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Farg’ona va Marg’ilon shaharlarini bog’lovchi yo’l o’tkazgichda amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlarini borib ko’rdi, mas'ullar bilan muloqot qildi. Dastlabki rejalarga ko’ra, 1 noyabrda yakunlanishi lozim bo’lgan ta'mirlash ishlari o’rtaga chiqqan ob'ektiv texnik va tashkiliy sabablar natijasida kechikayotgani bois, hozirda ob'ektni tez muddatda foydalanishga topshirish uchun jadal ish tashkil etilgan.

Respublika Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilish direktsiyasi rahbari Dilmurod Isayev ham murakkab ta'mirlash ishlari jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun ob'ektda doimiy ish olib bormoqda.

Viloyat avtomobil yo’llari hududiy bosh boshqarmasi boshlig’i Oybek Nazirov viloyat rahbariga ta'mirlash ishlarining borishi haqida ma'lumot berdi va ob'ekt yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishini ma'lum qildi.

1976 yilda qurilgan, uzunligi 165 metr, eni piyodalar yo’lagi bilan jami 24 metr bo’lgan ushbu yo’l o’tkazgichda hozirga qadar ta'mirlash ishlari amalga oshirilmagan bo’lib, oraliq qurilmalari (balkalari) va chetki to’siqlari, yoritish ustunlari yaroqsiz holatga kelganligi sababli, Vazirlar Mahkamasi yig’ilish bayoniga asosan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram