Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILON SHAHRIDA KO’P KVARTIRALI UYLARNI MARKAZLASHGAN ISSIQLIK TA'MINOTI BILAN TA'MINLASH JARAYONLARI KECHIKAYOTGANI UCHUN SHAHAR HOKIMI VA VILOYAT QURILISH SOHASI MAS'ULLARI JIDDIY OGOHLANTIRILDI

×

 2022-11-30 21:29:55    326

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Marg’ilon shahrida bo’lib, “Guliston”, “Zuhro”, “Miltiqsoz”, “Chilonzor” MFY hududlarida joylashgan 130 ta ko’p kvartirali uyni “Farg’ona issiqlik manbai” AJ orqali markazlashgan issiqlik ta'minoti bilan ta'minlash loyihasini amalga oshirish jarayonlari bilan tanishdi, hudud aholisi bilan muloqot qildi.

Farg’ona viloyatining issiqlik ta'minoti tizimini rivojlantirish bo’yicha manzilli dastur bo’yicha amalga oshirilayotgan ushbu loyiha qiymati 30 milliard so’m bo’lib, uni amalga oshirish natijasida 5 711 ta xonadon issiqlik ta'minoti bilan ta'minlanadi.

Ish jarayonining borish sur'ati pastligi viloyat hokimi tomonidan qattiq tanqid qilindi. Marg’ilon shahar hokimi va viloyat qurilish sohasi mas'ullari jiddiy ogohlantirildi. Loyihani qisqa muddatda yakunlash uchun kunma-kun reja-grafik ishlab chiqish, barcha mutasaddilar ishtirokida doimiy shtab tashkil qilib, ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta'minlash bo’yicha qat'iy topshiriqlar berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram