Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV YOZYOVON TUMANINING TO’RTTA SEKTOR RAHBARLARI ISHINI QONIQARSIZ DEB BAHOLADI

×

 2022-12-01 20:53:52    403

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Yozyovon tumanida bo’lib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlari, berilgan topshiriqlar ijrosi, aholi bandligini ta'minlash, yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish kabi yo’nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, sektorlar faoliyati samaradorligi yuzasidan o’rganish olib bordi. Viloyat tashkilot va idoralari rahbarlari ham bu jarayonda ishtirok etdilar.

O’rganish natijalari tumanda sektorlar rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli qoniqarsiz ekanini, rahbarlarda mas'uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotganini ko’rsatdi.

Tumanda tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash, yangi sanoat korxonalari tashkil etish, ish o’rinlari yaratish, kichik sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish bo’yicha ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi ko’zga tashlandi. Yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishni yo’lga qo’yish, mahallalarda buk-kafelar hamda kitob do’konlari, bepul vay-fay zonalar tashkil etish bo’yicha belgilangan vazifalar ijrosi to’la ta'minlanmagani ma'lum bo’ldi.

Tadbirkorlar bilan ishlab, ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish o’rinlarini yaratib, odamlar turmush darajasini ko’tarish, shuningdek, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha tizimli ish tashkil etish muhim vazifalar ekanligini qayd etgan Xayrullo Bozorov, tuman hokimi va sektorlari rahbarlarini jiddiy ogohlantirdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram