Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 242 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


POSCO INTERNATIONAL TEXTILE SANOATNI YOZYOVON TUMANI IQTISODIYOTI DRAYVERIGA AYLANTIRMOQDA

×

 2022-12-01 21:10:11    728

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Yozyovon tumani Yuqori Soybo’yi MFY hududida Posco International Textile MChJ xorijiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 65 million dollar bo’lgan ishlab chiqarish majmuasida ishlarning borishi bilan tanishdi.

Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab Yozyovon tumanida paxta-to’qimachilik klasteri faoliyatini yo’lga qo’ygan Posco International Textile MChJ qisqa muddatda paxtani qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha yirik loyihani amalga oshirishga kirishdi.

10 gektar maydonda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida loyiha qiymati 15 million dollar bo’lgan va yillik 25 ming tonna paxtani qayta ishlash quvvatiga ega zavod, loyiha qiymati 9 million dollar bo’lgan chigit-yog’ zavodi, 20 million dollar hisobiga sun'iy tola va aralash mato ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish ko’zda tutilgan. Ushbu yirik sanoat majmuasida jami 1500 ta doimiy ish o’rni yaratiladi.

Hozirgi kunda birinchi bosqichda paxtani qayta ishlash zavodi qurilishi so’nggi bosqichga kirdi. Joriy yil yakuniga qadar qurilish ishlari tugallanib, kelgusi yil yanvar-mart oylarida zamonaviy xorijiy texnologiyalarni o’rnatish va ishga tushirish ishlari amalga oshiriladi. Zavod hududida alohida Fermerlar markazi ham barpo etilayotgan bo’lib, ushbu markazdan fermerlar uchun bank xizmati, buxgalteriya markazi, kompyuter xizmatlari, dam olish joylari va boshqa qulayliklar o’rin oladi. 2023 yil aprel oyida foydalanishga topshiriladigan korxonada 250 nafar yozyovonliklar bandligi ta'minlanadi. Yillik 20 ming tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga ega yog’ zavodi esa kelgusi yil sentyabr oyida ish boshlaydi.

Ikkinchi bosqichda amalga oshirish rejalashtirilayotgan hamda 2024 yilda foydalanishga topshirilishi ko’zda tutilayotgan sun'iy tola va aralash mato ishlab chiqarish korxonalari loyihasi bilan ham tanishgan viloyat hokimi, ushbu korxonalarni ham 2023 yil yakuniga qadar ishga tushirish yuzasidan o’z tavsiyalarini bildirdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram