Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 218 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOZYOVON TUMANIDA “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVI QAD ROSTLAMOQDA

×

 2022-12-01 21:37:28    249

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Yozyovon tumani Yuqori Soybo’yi MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massivida qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.

Jami 948 ta xonadondan iborat 33 ta 5 va 7 qavatli turar-joylar, 420 o’rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti hamda 990 o’rinli maktab, 3,8 gektar maydonda yashil bog’dan iborat zamonaviy shaharsozlik talablari asosidagi ushbu majmua, tumandagi aholining uy-joy sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Massivda xususiy klinika, umumiy ovqatlanish shaxobchasi, Yoshlar markazi va tantanalar uyi qurilishi rejalashtirilgan. Tutash hududda esa kichik sanoat zonasi tashkil etish ko’zda tutilgan.

Hozirgi kunda 33 ta turar-joy binolaridan 8 tasida qurilish ishlari olib borilmoqda, dastlabki binoda xonadonlar yashashga tayyor holatga keltirildi. Qolgan lotlarda ham quruvchilar aniqlangan bo’lib, poydevor ishlari boshlanmoqda. Ijtimoiy muassasalar qurilishi ham belgilangan reja asosida davom etmoqda.

Tuman mutasaddilari hamda quruvchi tashkilotlar rahbarlari bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, qurilish ishlarini jadal va sifatli amalga oshirish yuzasidan ko’rsatmalar berdi, hududda obodonlashtirish ishlarini boshlash bo’yicha tuman hokimiga vazifalar belgiladi.

Xayrullo Bozorov va viloyat sektorlari rahbarlari massiv hududidagi yashil bog’da ko’chat ekish tadbirida ham ishtirok etdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram