Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 246 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATDAGI BALIQCHILIK XO’JALIKLARINI INTENSIVLASHTIRISH UCHUN BALIQ HAVZALARIGA QUYOSH PANELLARI HAMDA KISLOROD BILAN BOYITISH USKUNALARI O’RNATILADI

×

 2022-12-01 21:48:17    205

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Yozyovon tumanidagi baliqchilik xo’jaliklari faoliyati bilan tanishdi, viloyatdagi baliqchilik xo’jaliklarini intensivlashtirish uchun baliq havzalariga quyosh panellari hamda aeratorlar o’rnatish bo’yicha berilgan topshiriq ijrosi doirasida dastlabki ishlar bilan tanishdi.

Yangiobod MFY hududidagi "Aziz ko’l" fermer xo’jaligida 230 million so’m mablag’ hisobiga umumiy quvvati 9 kVt/soat bo’lgan quyosh panellari o’rnatildi. Ishlab chiqarilgan energiya suv havzasiga o’rnatilgan kislorod bilan boyitish uskunalari – aeratorlarni quvvatlash uchun yetarli bo’ldi. Natijada 5 gektar hovuzdan avvallari 7-8 tonna baliq olingan bo’lsa, endi 18 tonna baliq yetishtirildi.

Viloyat hokimi ushbu tajribani tumandagi barcha 87 ta baliqchilik xo’jaliklarida joriy etish bo’yicha mutasaddilarga topshiriq berdi, viloyatning boshqa tumanlaridagi baliqchilik havzalarida ham ushbu tizim joriy etilishi belgilandi. Buning uchun Jahon banki mablag’lari hisobidan imtiyozli kredit taqdim etishni ta'minlash bo’yicha Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig’i hamda baliqchilik sanoatini moliyaviy qo’llab-quvvatlashga mas'ul bo’lgan Ipoteka bankning viloyat filiali rahbariga vazifa yuklandi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram