![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
YOZYOVONDA LIMONCHILIKKA IXTISOSLASHGAN SOYYONI MAHALLASIDA HAR BIR XONADONDA LIMONARIY TASHKIL ETILADIGAN BO’LDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/03732c3eb13716ef35015.jpg)
2022-12-01 22:10:05 289
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yozyovon tumanidagi o’rganishlari davomida Soyyoni MFYda aholi xonadonlarida bo’ldi. 3 yarim ming nafarga yaqin aholi, 653 ta xonadon bo’lgan ushbu hududdagi 374 ta xonadon tomorqalarida issiqxonalar mavjud bo’lib, ularning aksariyati uzoq yillardan beri limonchilik bilan shug’ullanmoqda.
Viloyat hokimi bilan muloqot qilgan mahalla ahli, 1 sotix maydonda o’rtacha 500 kg hosil, qariyb 4 million so’m daromad olishayotganini qayd etdilar. Mahallada yashovchi Akbarali Karimov xonadonida 12 sotix maydondagi limonariydan 50 million so’m daromad olish bilan birga, 170 quti asalari parvarishlab, bir yilda 90 million so’m sof foyda olishga erishishdi.
Mahallada limon yetishtirish bilan birga, yiliga 50 ming tup limon ko’chatlari tayyorlanadi va bu ham aholining muhim daromad manbai hisoblanadi.
Mahalla fuqarolar yig’ini raisi hamda mahalladagi hokim yordamchisi bilan suhbatlashgan viloyat rahbari, mahalladagi barcha xonadonlarda limonariy tashkil etish bo’yicha ko’rsatma berdi va buning uchun kredit masalasida ko’mak berilishini ma'lum qildi.
Shuningdek, asalarichilikni rivojlantirish maqsadida tumandagi o’zlashtirilmagan yer maydonlaridan pavloniya yetishtirish uchun yer ajratish borasidagi mahalla vakillarining murojaati ham ijobiy hal etiladigan bo’ldi.
![](https://telegra.ph/file/03732c3eb13716ef35015.jpg)
![](https://telegra.ph/file/653794531f8ad3db8d4b0.jpg)
![](https://telegra.ph/file/82448fcbfa5efd5953059.jpg)
![](https://telegra.ph/file/a4975f8c24804dabd3f5f.jpg)
![](https://telegra.ph/file/c40ab21f1e53882fb3960.jpg)
![](https://telegra.ph/file/9b186d5b4366f459b4abe.jpg)
![](https://telegra.ph/file/545380686ff9d8da34c2a.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram