Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYATDAGI BARCHA BOLALAR VA O’SMIRLAR SPORT MAKTABLARI FAOLIYATI O’RGANILADI, MODDIY-TEXNIK BAZASI RIVOJLANTIRILADI, MURABBIYLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI ANIQ NATIJALARGA BOG’LANADI
2022-12-01 22:21:12 321
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Yozyovon tumanidagi bolalar va o’smirlar sport maktabida bo’lib, BO’SM qoshida tashkil etilgan “Yozyovon-BO’SM” futbol klubi va “Qalqon” voleybol klublari a'zolari hamda maktab mutasaddilari bilan muloqot qildi.
Muloqot chog’ida sport maktabida jami 77 nafar murabbiy faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ularning ko’plari ommaviy bo’lmagan sport turlariga ixtisoslashgani, jami qamrab olingan o’quvchilar soni atigi 1300 nafardan ziyod ekani ma'lum bo’ldi. Jamoaviy sport turlarida hamda Olimpiya sport turlarida faoliyat ko’rsatayotgan murabbiylar soni sezilarli darajada kam ekani qayd etildi.
Viloyat rahbari mutasaddilarga viloyatdagi barcha bolalar va o’smirlar sport maktablari faoliyati, har bir maktabdagi murabbiylar va ularning o’quvchilari soni, erishilayotgan natijalar bo’yicha tanqidiy-tahliliy o’rganish o’tkazish bo’yicha topshiriq berdi.
BO’SMlarning vazifasi bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport ta'limi tizimini yanada takomillashtirish, sport zaxirasi va yuksak mahoratli sportchilar tayyorlash, sportni ommalashtirish bo’lishi kerakligiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, murabbiylar soni sport turining ommabopligiga hamda talablarga mos bo’lishi kerakligini qayd etdi. Bundan buyon murabbiylar faoliyati samaradorligi aniq natijalarga bog’lanishini ta'kidlagan viloyat hokimi, bu talabni qo’yishdan avval har bir BO’SMni kerakli sport anjomlari, formalar bilan ta'minlash bo’yicha rejali ish tashkil etilishini ma'lum qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram