Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 236 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XALQARO NOGIRONLAR KUNI MUNOSABATI BILAN IMKONIYATI CHEKLANGAN ZAMONDOSHLARIMIZ UCHUN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2022-12-02 21:22:45    370

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Jasmin” tantanalar majmuasida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

BMT tomonidan 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni, deb e'lon qilingan. Bugungi Farg’onadagi tadbir ushbu sana arafasida imkoniyati cheklangan fuqarolarimizni yana bir bor qo’llab-quvvatlash maqsadida o’tkazildi.

Viloyatimizda yashovchi Nogironlar jamiyati, Karlar jamiyati, Ko’zi ojizlar jamiyati, Afg’onchilar birlashmasi, Chernobilchilar birlashmasining 350 nafardan ziyod a'zolari taklif etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbarining alohida e'tibori va g’amxo’rligi, amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida inson qadrini ulug’lash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo’llab-quvvatlash turganligi natijasida taqdir taqozosi bilan nogiron bo’lib qolgan yurtdoshlarimiz doimiy mehr va e'tiborda bo’lib kelayotganini qayd etdi.

Imkoniyati cheklangan zamondoshlarimiz o’zlarining matonatli mehnati bilan, shukronalik fazilatlari bilan qolganlarga o’rnak bo’layotgani ta'kidlandi.

Prezidentimiz qarori bilan mamlakatimizda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni qo’llab-quvvatlashga katta e'tibor qaratilayotgani, imkoniyati cheklanganlar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmat ko’rsatishga, ularni zamonaviy eshitish moslamalari, aravachalar va boshqa kerakli jihozlar bilan ta'minlashga milliardlab mablag’ ajratilayotgani qayd etildi.

Tadbir san'atkorlarning kuy-qo’shiqlariga ulanib, barchaga bayramona kayfiyat ulashildi.

Ma'lumot o’rnida, bugungi kunda viloyatimizda 82 ming 682 nafar nogironligi bo’lgan shaxslar istiqomat qiladi, shundan 14 ming 593 nafar voyaga yetmagan nogironligi bo’lgan bolalarni tashkil etadi. Ular orasidan 2837 nafar o’zgalar parvarishiga muhtoj yolg’iz va yolg’iz yashaydigan keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar ro’yxatga olingan bo’lib, ularga 351 nafar ijtimoiy xodimlar tomonidan uylarida ijtimoiy xizmat ko’rsatib kelinmoqda.

Viloyatda reabilitatsiya qilishning texnik vositalari hamda protez-ortopediya moslamalariga muhtoj shaxslarni ushbu vositalar bilan ta'minlash maqsadida 1 milliard 800 million so’m mahalliy byudjet mablag’lari hamda viloyat mahalliy byudjetning qo’shimcha manbalari hisobidan 419 million so’m mablag’ yo’naltirildi.

Shu bilan birga, viloyatimizdagi nogironligi bo’lgan shaxslar 142 dona elektr yuritmali nogironlar aravachasi bilan ta'minlandi.

Bundan tashqari, joriy yilda O’zbekiston tumanidagi Qudash “Muruvvat” nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ayollar internat uyining 360 o’ringa mo’ljallangan binosi Investitsiya dasturi doirasida 7,5 milliard so’m mablag’ hisobiga to’liq rekonstruktsiyadan chiqarildi.

Viloyat mahalliy byudjeti mablag’lari hisobidan Qo’qon “Muruvvat” nogironligi bo’lgan erkaklar uyida qo’shimcha tashkil etilgan 55 o’rinli joyni saqlash xarajatlari uchun 1 milliard 200 million so’m ajratildi.

Farg’ona “Saxovat” internat uyida yashovchilar uchun qo’shimcha sharoitlar yaratish maqsadida 1,5 milliard so’m mablag’ hisobiga 150 o’rinli qishki tadbirlar zali barpo etildi, bugungi kunda pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Viloyatdagi “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi bemorlarni tibbiy muassasalarga o’z vaqtida yetkazilishi uchun 334,4 million so’m mablag’ hisobiga 4 ta maxsus jihozlangan “DAMAS” avtotransport mashinasi sotib olindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram