Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI BESHARIQ TUMANIDAGI YANGI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA BO’LIB, ULARNING FAOLIYATINI KENGAYTIRISH MASALALARINI MUHOKAMA QILDI

×

 2022-12-02 22:45:12    259

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning viloyat shahar va tumanlarida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda sektorlar faoliyati samaradorligi yuzasidan o’rganishlari bugun Beshariq tumanida davom etdi.

Viloyat rahbari tumanning Qiyat Sartol MFY hududida tadbirkor Ilyosjon Hakimov tashabbusi bilan 2021 yilning oktyabr oyida ishga tushirilgan bolalar o’yinchoqlari (yumshoq otchalar) ishlab chiqarish korxonasida bo’ldi.

Loyiha qiymati 1 milliard so’mni tashkil etgan ushbu korxonada 50 nafar ishchining doimiy bandligi ta'minlangan. Shuningdek, kasanachilik va sotuvchilik bilan shug’ullanayotgan yana 100 nafardan ziyod aholi vakillari ham oilasi uchun daromad topmoqda.

Korxonada yiliga 10 mingta o’yinchoqlar ishlab chiqarilmoqda. Mahsulotlar ichki bozordan tashqari, qo’shni Qirg’iziston, Tojikiston, Qozog’iston davlatlarida ham xaridorgir bo’lmoqda.

Tadbirkorning 500 million so’m kredit olish masalasida viloyat hokimiga qilgan murojaati hal etiladigan bo’ldi va Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig’iga bu borada tegishli vazifa yuklatildi.

Baxmal MFYda “VALLEY FOOD“ MChJ XK tomonidan amalga oshirilayotgan mevani qayta ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bilan tanishildi. Yillik ishlab chiqarish xajmi 500 tonna bo’lgan 1,7 milliard so’mlik ushbu loyiha joriy yilning to’rtinchi choragida yo’lga qo’yilgan.

Quritilgan mevalarning Rossiya, Polsha, Frantsiya, Ispaniya davlatlariga eksporti yo’lga qo’yildi. Ayni kunlarda germaniyaliklar bilan ham muzokaralar olib borilayotgani ma'lum qilindi.

Viloyat rahbari xorijiy mamlakatlardagi supermarketlar tarmoqlari uchun jozibador shaklda kichik hajmli qadoqlash usuliga o’tish lozimligini, bu mahsulot narxini hamda xorijda raqobatbardoshlikni oshirishga yordam berishini ta'kidlab, zamonaviy qadoqlash liniyasi o’rnatish tadbirkor uchun manfaatli bo’lishini qayd etdi. Bu borada viloyatda mavjud qadoqlash korxonalari tajribasini o’rganish hamda loyiha ishlab chiqish lozimligi ta'kidlanib, uni amalga oshirish uchun yetarli bank krediti taqdim etilishi ma'lum qilindi. 

Loyiha tashabbuskorlarining korxonaga 500 metr masofadan yangi elektr tarmog’i tortish masalasida viloyat hokimiga qilgan murojaatlari ijobiy hal etilishi belgilandi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram