Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
PARRANDACHILIK BESHARIQNING ASOSIY “O’SISH NUQTALARI”DAN BIRIGA AYLANMOQDA
2022-12-02 22:54:48 226
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanida parrandachilik yo’nalishida faoliyat olib borayotgan “Zarqaynar durdonasi” MChJ korxonasida bo’ldi.
Majmuada 70 ming bosh tovuqlar bo’lib, yillik go’sht ishlab chiqarish quvvati 500 tonnani tashkil etmoqda. Parranda boqish jarayonlarini ko’zdan kechirgan va korxona rahbari bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, rentabellikni oshirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun innovatsion texnologiyalarni joriy etish lozimligiga e'tibor qaratib, avtomatlashtirilgan qushxona va muzlatkichlarni o’z ichiga olgan parrandalarni so’yishga mo’ljallangan zamonaviy kompleks barpo etish bo’yicha o’z taklifini berdi. Bu mahsulot hajmini oshirish hamda xorijiy bozorlarga kengroq kirib borishga imkoniyat yaratishini qayd etgan Xayrullo Bozorov, bu borada har tomonlama ko’mak berishga tayyor ekanliklarini bildirdi.
Ma'lumot uchun qayd etish lozimki, parrandachilik bugun Beshariqning asosiy “o’sish nuqtalari”dan biriga aylanmoqda. Tumandagi “Beshariq parranda” MChJda 10 mingdan ziyod “Ross-308” krossli naslli ona tovuqlar, 70 mingta jo’jalar parvarishlanmoqda. Bir yillik inkubatsion tuxum ishlab chiqarish 2 milllion donani tashkil etadi.
30 yildan ortiq tajribaga ega tumandagi “Vodiy naslli parranda” fermer xo’jaligi bugungi kunda Germaniyaning “Helmann” kompaniyasi texnologiyasi asosida parranda boqishni yo’lga qo’yib, tovuqlarning tuxum berish muddatini 18 oydan 23 oyga uzaytirishga hamda tuxum berish darajasini 25 foizgacha oshirishga erishgan. Fermer xo’jaligida sanoat usulida bir dona tovuq bir yilda o’rtacha 330-340 dona tuxum beradi yoki ozuqa ratsionini oshirmasdan 40-50 dona qo’shimcha tuxum olinmoqda. 90 nafardan ziyod beshariqliklar bandligi ta'minlanib, ular tomonidan 380 ming boshdan ortiq parranda yetishtirilmoqda. Yillik tuxum ishlab chiqarish quvvati qariyb 60 million dona bo’lib, mahalliy va xorijiy bozorlarga olib chiqilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram