Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BESHARIQDA YANGI YIRIK XIZMAT KO’RSATISH VA SAVDO MAJMUASI ISH BOSHLADI

×

 2022-12-02 23:05:06    219

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tuman markazidagi Navbahor MFYda joylashgan “Marhaba” xizmat ko’rsatish majmuasida bo’ldi. Loyiha qiymati 5 milliard so’m bo’lgan ushbu majmua 2 milliard so’m bank krediti hamda tadbirkorning o’z mablag’lari hisobidan barpo etilib, ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda 20 nafar beshariqlik yigit-qizlar doimiy ish o’rni bilan ta'minlandi.

Majmuada hozirgi kunda zamonaviy mebellar, orgtexnika hamda yurtimizda ishlab chiqarilgan maishiy texnika mahsulotlari savdosi yo’lga qo’yilgan. Xaridorlar uchun qulay to’lov usullari taqdim etilayotgani, savdo hajmining kunlik ko’payishiga olib kelmoqda.

Tumandagi Oltinko’l MFYda tadbirkor Sherzod Erkaboyev “SHERWOOD DIZAYN” MChJ tomonidan tayyorlangan 300 o’rinli maktab qurish va yozgi oromgohni zamonaviylashtirish rejasi bo’lgan, qiymati 9,5 milliard so’mlik “Green Campus” loyihasi bilan tanishtirdi. U 2023-2024 yillarda 1,6 gektar joyda amalga oshirilishi belgilangan.

Viloyat rahbariga shuningdek, tumanda 2022-2024 yillarda barpo etilishi ko’zda tutilgan savdo do’konlari va turar-joy majmualari, maktabgacha ta'lim muassasasi va xususiy maktab qurish, tayyor betonlar va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish zavodi tashkil etish loyihalari ham taqdim etildi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash masalalari doimiy e'tiborda ekanini qayd etgan viloyat hokimi, amaliy loyihalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram