Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“FARG’ONA VILOYATI IMTIHON MARKAZI” ISH BOSHLADI

×

 2022-12-12 19:19:53    1052

PDF yuklash
Chop etish


Farg’onada haydovchilar uchun viloyat imtihon markazi foydalanishga topshirildi. Endilikda innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan va barcha qulayliklarga ega bo’lgan bu joyda haydovchilik guvohnomasini olish bo’yicha imtihonlar o’tkaziladi.

Tantanali ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Ichki ishlar vazirining o’rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig’i Bekmurod Abdullayev, Ichki ishlar vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig’i, polkovnik Olim Saidov ishtirok etdilar.

Prezidentimizning 2020 yil 7 dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan tadbirkorlik sub'ektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o’tkazish huquqi berildi.

Farg’ona tumanidagi “O’rtasho’ra” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Autodriver Study” MChJ tomonidan barpo etilgan mazkur imtihon markazi bir kunda 450 nafardan ortiq talabgorni nazariy imtihondan, 300 nafardan ortiq talabgorni amaliy imtihondan o’tkazish quvvatiga ega. Bu yerda nazariy imtihonlarni o’tkazish uchun texnik va texnologik vositalar bilan maxsus jihozlangan zal (xonalar), avtomototransport vositalarining barcha toifalari bo’yicha amaliy imtihonlarni o’tkazish uchun avtomatlashtirilgan avtodrom tashkil etilgan.

Markazda maxsus jihozlangan avtomototransport vositalari hamda yo’l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o’zaro bog’lovchi markaziy dasturiy majmua faoliyat yuritadi va haydovchilikka nomzodlar tomonidan amalga oshirilgan har bir sinov mashqlari natijalarini inson omilisiz avtomatlashtirilgan nazorat tizimi orqali baholanadi.

Ayniqsa, markazning dispetcherlik (nazorat) punkti haydovchilikka nomzodlarning harakatlarini ko’rsatib turadigan kompyuter va monitorlar, avtomatlashtirilgan avtodrom tizimining elementi sifatida ishlaydigan axborotni doimiy qabul qilish, uzatish va qayta ishlash uskunalari, ovozli aloqa vositalari bilan jihozlanganligi muhimdir.

Mazkur imtihon markazi o’z faoliyati davomida yetarli huquqiy bilimi shakllangan va munosib o’zaro madaniyatiga va malakaga ega xaydovchilarni sinovdan o’tkazishdagi amaliy yordami natijasida viloyatda yo’l transport hodisasi keskin kamayishiga erishiladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram