![](https://ferghana.uz/uploads/sdfsdfsdfsdfsdfsdafsfdasdf.jpg)
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
![](https://ferghana.uz/images/img/flag-gerb.gif)
.
.
Saytni baholash
QISHLOQ XO’JALIGI XODIMLARI KUNI FARG’ONADA KATTA TANTANA BILAN NISHONLANDI
![](https://ferghana.uz/uploads/bot/22cd9c9187f5e06bb274d.jpg)
2022-12-12 21:00:51 282
Farg’ona shahridagi “Fayz” tantanalar majmuasida Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov soha xodimlarini bugungi bayram – Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni bilan samimiy tabrikladi.
Tabiatning sinovlariga matonat bilan bardosh bera olgangina haqiqiy dehqon bo’la olishi va natija olishligi mumkinligini alohida e'tirof etgan viloyat hokimi, qishloq xo’jaligi sohasida juda katta islohotlar amalga oshirilgani, natijalar yildan yilga yuksalib borayotgani, pillachilik ham tizimga tushgani, g’allachilikda 100 tsentner haqiqiy hosil olinganini qayd etdi. O’tkan yili va bu yil ham respublikada eng oldi bo’lib, g’allada yuqori hosildorlikka viloyatimizning mirishkor dehqonlari, shu sohada xizmat qilgan barchani sa'y-harakati, mehnati bilan erishilgani ta'kidlandi.
“Bu yil paxtachilikda ham katta yutuq qo’lga kiritildi. Bu yil yig’ilgan 286 ming tonna paxta o’z-o’zidan bo’lmadi. Qolaversa, 5 ming gektar yerni qisqarishini hisobga olgan holda ham hosildorlik 37 tsentnerga chiqdi. Bu yil hamma birlashganligi, bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilinganligi shunday yuksak natija, yuksak xirmonlar olinishini ta'minladi, - dedi viloyat hokimi.
Viloyatimiz qishloq xo’jaligi sohasi vakillariga minnatdorchilik bildirgan viloyat rahbari, kelgusi yilda ham ishlarni shunday qat'iyat, birdamlik bilan davom ettirishga tilak bildirdi.
Joriy yilda dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha 285,8 ming tonna paxta, 819,5 ming tonna don, 1261,7 ming tonna sabzavot, 348,1 ming tonna kartoshka, 154,4 ming tonna poliz, 387,8 ming tonna meva, 188,7 ming tonna uzum mahsulotlari ishlab chiqarildi. Investitsiya loyihalari dasturi asosida qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirish bo’yicha jami 1979,4 milliard so’mlik mablag’lar hisobiga 356 ta loyihalar amalga oshirilib, 4 915 ta yangi ish o’rinlari yaratilmoqda.
Tadbirda shuningdek, O’simliklar karantini va himoyasi agentligi Bosh direktori o’rinbosari Bobur Hamrayev ham so’z olib, soha fidoyilarini kasb bayramlari bilan qutladi.
Shundan so’ng yil davomida yuqori ko’rsatkichlarga erishgan fermerlar hamda sohaning ilg’or xodimlari “Qishloq xo’jaligi fidoyisi”, “Ilg’or fermer” ko’krak nishonlari hamda viloyat hokimining faxriy yorlig’i, esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Bayram tadbirida yurtimizning taniqli san'atkorlari ishtirokidagi kontsert dasturi bayramga o’zgacha ruh baxsh etib, barchani o’yinga chorladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram