Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
OSAKA SHAHRIDA YAPONIYA-FARG’ONA BIZNES FORUMI BO’LIB O’TDI
2022-12-13 15:48:45 676
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining hududlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko’zda tutgan Yaponiyaga amaliy tashrifi doirasida Osaka shahrida Yaponiya-Farg’ona biznes-forumi bo’lib o’tdi.
Osaka Savdo-Sanoat Palatasida bo’lib o’tgan forumda 40 nafardan ziyod turli sohalarda faoliyat yurituvchi yapon tadbirkorlari, Osaka SSP hamda Osaka biznesni rivojlantirish agentligi rahbariyati, Farg’ona viloyatidan borgan va Yaponiyada faoliyat yuritayotgan vatandosh tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Davlatimiz rahbarining 2019 yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o’rtasida o’zaro ishonchni mustahkamlab, barcha sohalarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun zarur mexanizmlarni yaratib berganini alohida ta'kidladi. Viloyatga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar miqdori hamda viloyatning eksport hajmi ko’rsatkichlari joriy yil yakuni bo’yicha har ikki yo’nalishda bir milliard dollardan oshishiga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, Farg’ona viloyati Yaponiya investorlari hamda kompaniyalari uchun ham jozibador hududga aylanib borayotganini hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar misolida qayd etdi. Xayrullo Bozorov tashrif hamda forum doirasida erishiladigan kelishuvlar bu hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.
Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev Farg’ona viloyatining investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy salohiyati yuzasidan forum ishtirokchilari uchun taqdimot o’tkazdi. Taqdimot davomida viloyatning so’nggi yillardagi investitsion va eksport ko’rsatkichlari, sanoat va qishloq xo’jaligi, turizm sohalarida erishilayotgan natijalar, Yaponiya kompaniyalari bilan amalga oshirish uchun istiqbolli hisoblangan loyihalar va yo’nalishlarga alohida to’xtalib o’tildi.
Forumda so’z olgan Osaka Savdo-Sanoat Palatasi hamda Osaka biznesni rivojlantirish agentligi rahbarlari o’zaro manfaatli hamkorlik uchun tayyor ekanliklarini ma'lum qilib, bu boradagi o’z rejalarini bayon qildilar.
O’zbekiston bilan uzoq yillardan beri tekstil sohasida hamkorlik qilib kelayotgan “Masui” kompaniyasi rahbari Chinori Tokia Farg’ona va Yaponiya o’rtasida tekstil sohasida investitsiyaviy va eksport sohalarida hamkorlik bo’yicha mavjud imkoniyatlarga alohida to’xtalib, Cotton Campaign koalitsiyasi tomonidan O’zbekiston paxtasiga boykotni bekor qilinishi natijasida Yaponiya bozorida o’zbek tekstil mahsulotlariga katta qiziqish paydo bo’lganini qayd etdi.
Biznes-forum davomida «g2b» va «b2b» uchrashuvlari tashkil etilib, unda ishtirokchilar qo’shma korxonalar tashkil etish va o’zaro manfaatli savdo bitimlarini tuzishning moliyaviy-texnik jihatlarini batafsil ishlab chiqishga muvaffaq bo’ldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram