Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
PREZIDENT MASLAHATCHISI BOSHCHILIGIDAGI RESPUBLIKA ISHCHI GURUHINING BESHARIQ TUMANIDA OLIB BORILGAN O’RGANISHLARI NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI
2022-12-14 13:16:42 610
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo’yicha maslahatchisi boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Davlatimiz rahbari topshirig'iga asosan 10 kun davomida Beshariq tumanida bo’lib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o’rgandilar, aniqlangan muammolarni o’z joyida hal etish bo’yicha ish tashkil qildilar.
Bugun viloyat hokimligida ushbu o’rganishlar yakuniga bag’ishlangan tanqidiy-tahliliy yig’ilish bo’lib o’tdi.
Videoaloqa orqali viloyatdagi shahar va tumanlar studiyalari ham ulangan yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo’yicha maslahatchisi o’rinbosari Ulug’bek Muhammadiyev, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, viloyat tashkilot va boshqarmalar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig’ilishda respublika ishchi guruhi o’rganishlari natijalari, aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar Beshariq tumani misolida tahlil qilindi.
Infratuzilma va ijtimoiy soha ob'ektlariga yanada ko’proq e'tibor qaratish kerakligi, murojaatlar bilan ishlashda murojaatning amalda hal etilishi ustuvor vazifa bo’lishi lozimligi yig’ilish davomida alohida ta'kidlandi.
Har bir shahar va tuman sektorlari rahbarlariga navbati bilan muayyan mahallalarda xatlovlar o’tkazish, har bir xonadonga kirib aholi yashash sharoitlarini o’rganish, muammolarni bartaraf etish yuzasidan yo’l xaritasi ishlab chiqish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Barcha toifadagi rahbarlar o’zlariga bildirilgan ishonchni oqlash va xalq roziligini ta'minlovchi amaliy natija ta'minlash uchun ishlashi kerakligi uqtirildi.
Yig’ilishda Beshariq tumani sektorlar rahbarlarining hisobotlari ham eshitildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating